Daryo

Andijonda YPX xodimlarining xizmatiga to‘sqinlik qilgan fuqarolar sudga berilib, jazolandi

Ularning to‘rt nafari jarimaga tortilgan, yana besh nafariga ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilgan

2 daqiqa o‘qish74 200 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: YHXBB matbuot xizmati

Andijon viloyatining Marhamat tumanida YPX xodimlarining xizmatiga to‘sqinlik qilgan fuqarolarga nisbatan tegishli tartibda chora ko‘rildi, deb xabar bermoqda YHXBB matbuot xizmati.

Foto: YHXBB matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, 11-may kuni Marhamat tumaniga jamoat tartibini saqlash uchun jalb etilgan Andijon viloyati IIB YHXB YPXB inspektori xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida Mercedes haydovchisi O.M. transport vositasining davlat raqam belgisini ko‘rinishini yashirgan holda to‘xtash taqiqlangan joyda to‘xtagan.

Shu sababli inspektor undan tegishli hujjatlarini so‘ragan vaqtida haydovchi xodimga faol qarshilik ko‘rsatib, hujjatlarni taqdim etmagan. Biroz vaqt oralig‘ida bir necha fuqarolar to‘planib, xodimning xizmatiga to‘sqinlik qilgan. Inspektor holat yuzasidan tuman IIB boshlig‘i nomiga bildirgi bilan murojaat qilgan.

Foto: YHXBB matbuot xizmati

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, hujjatlarning ko‘rib chiqilishi uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Marhamat tuman sudiga yuborilgan.

Foto: YHXBB matbuot xizmati

12-may kuni holat yuzasidan sudning ochiq majlisi bo‘lib o‘tib, fuqaro O.M.ga BHMning 3 baravari (735 ming so‘m), K.M. va Sh.A.ga 1 baravari (245 ming so‘m), M.J.ga 2 baravari (490 ming so‘mg) miqdorida jarima jazosi belgilangan hamda fuqarolar F.X., A.T., A.Yu.ga nisbatan 5 sutka va M.M. hamda B.N.ga 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilgan.

Avvalroq Jizzaxda YPX xodimlaridan qochib ketgan Cobalt haydovchisi va unga yordam bergan ikki tanishi qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi. Holat yuzasidan ikki qoidabuzarga 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan, yana biri BHMning 5 baravari (1 million 225 ming so‘m) miqdorida jarimaga tortilgan. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar