Daryo

O‘zbekiston aholisi noyob tabiat hodisasi guvohi bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Quyosh atrofida kamalakka o‘xshash halqa ko‘rinayotgani aks etgan surat va videolar tarqaldi

1 daqiqa o‘qish143 774 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Videodan kadr

O‘zbekiston aholisi 10-may kuni noyob tabiat hodisasi — Quyosh galosiga guvoh bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona, Andijon, Namangan osmonida Quyosh atrofida kamalakka o‘xshash halqa ko‘rinayotgani aks etgan surat va videolar tarqaldi.

Foto: Videodan kadr

Bu kabi optik hodisalar kamyob holat hisoblanib, ilmiy tilda galo deb ataladi. Asosan muz kristallaridan tashkil topgan patsimon qatlamli baland bulutlarda yorug‘likning sinishi va qaytishi natijasida ro‘y beradi. Galo ko‘pincha yorug‘ rangdor doira, doira yoyi, yorug‘ ustunchalar, dog‘lar va boshqa shakllarda Quyosh yoki Oy atrofida kuzatiladi. Hodisaning shakli va yorqinligi kristallarning joylashishiga bog‘liq.

Bundan avval, 6-aprel kuni kechasi Andijon va Namangan viloyatlari aholisi  O‘zbekiston osmonida yorqin chaqnoqqa guvoh bo‘lgandi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Ulug‘bek nomidagi Astronomiya instituti direktori o‘rinbosari Yusufjon Tillayev bu kosmik chiqindi, ya’ni kosmik kemaning o‘z vazifasini bajarib bo‘lgan qismi yoki kosmik jism, asteroid parchasi bo‘lib, bolid ko‘rinishida namoyon bo‘ldi, deya taxmin qilgandi.

Mavzuga doir: Toshkentliklar kechasi kuzatgan osmon jismi bolid bo‘lib chiqdi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar