Daryo

Emomali Rahmon o‘z yordamchisini Tojikistonning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinladi

Tojikistonning O‘zbekistondagi avvalgi elchisi Sodiq Imomiy aprel oyida mamlakatdagi missiyasini yakunlagandi

1 daqiqa o‘qish40 700 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Yandeks Dzen”

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 4-may kuni qator tayinlovlar to‘g‘risida farmon va buyruqlarni imzoladi, deya xabar bermoqda Asia Plus.

Foto: “Yandeks Dzen”

Xususan, prezident farmoni bilan Abdujabbor Rahmonzoda prezidentning ijtimoiy rivojlanish va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha yordamchisi lavozimidan ozod etildi. Boshqa farmon bilan u Tojikistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi.

Tojikistonning O‘zbekistondagi avvalgi elchisi Sodiq Imomiy aprel oyida mamlakatdagi missiyasini yakunlagan. U 22-aprel kuni Abdulaziz Komilov qabulida, 23-aprel kuni esa Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘ldi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar