Daryo

Samarqandda Qozog‘istonning bosh konsulxonasi ish boshladi

Bosh konsullikning ochilish marosimida Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Darxan Satibaldi va Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov ishtirok etdi

1 daqiqa o‘qish18 098 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati

Samarqand shahrida Qozog‘istonning bosh konsulxonasi ish boshladi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Foto: Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati

Bosh konsullikning ochilish marosimida Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Darxan Satibaldi va Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov ishtirok etdi.

Foto: Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati

Prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev Samarqandda Qozog‘iston bosh konsulxonasini ochish to‘g‘risidagi farmonni 2020-yilning sentabrida imzolagandi. Darxan Satibaldi 2019-yilning mart oyidan buyon Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi bo‘lib kelmoqda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston bosh konsulxonasi Qozog‘istonning Aqtau shahrida joylashgan. U 2019-yilning 30-avgustida ochilgan. Aqtaudagi Bosh konsulxonaning konsullik okrugiga Qozog‘istonning Aqto‘be, Atirau, Mang‘istov va G‘arbiy Qozog‘iston viloyatlari kiradi. 2019-yil iyunida Nodir Turg‘unov O‘zbekistonning Aqtaudagi bosh konsuli etib tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz 2021-yilning mart oyida Samarqandda Turkiyaning bosh konsulxonasi ochilgandi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar