Daryo

Toza va tez: Uy tozalashda asqatadigan 6 ta layfxak

Uyingiz tozalikdan porlab turishi uchun qimmat mahsulotlardan foydalanish shart emas

1 daqiqa o‘qish38 584 ko‘rishlar0 izoh0

Uyingiz tozalikdan porlab turishi uchun qimmat mahsulotlardan foydalanish shart emas. Quyidagi layfxaklar yordamida jihozlarni arzon, ammo samarali vositalar bilan tozalashingiz mumkin.

Oshxona anjomlari

Ularni 10-15 daqiqaga sirka va ichimlik sodasi aralashmasiga solib qo‘ysangiz, idishlaringiz yangidek bo‘ladi.

Foto: Getty Images

Mikroto‘lqinli pech

Idishga suv, shuncha miqdorda sirka va 2 choy qoshiq limon kislotasini aralashtirib, uni mikroto‘lqinli pechda 5 daqiqaga isiting. So‘ngra pech devorini yumshoq matoda artib oling.

Foto: Getty Images

Unitaz

Uni kola yordamida tozalash mumkin. Gubkani namlab, hojatxona unitazini artib chiqing. 10 daqiqadan keyin yuvib tashlang.

Foto: Getty Images

Ko‘zgu

Ko‘zguga odatiy tozalash vositasini sepib, gazeta bilan artib oling. Eski usul hali ham yaxshi samara beradi.

Foto: Getty Images

Gilam va yumshoq mebellar

Agar tasodifan ularga tirnoq laki tegib ketgan bo‘lsa, darhol soch lakidan foydalaning. Uni dog‘ ustiga seping va toza mato bilan astalik bilan arting.

Foto: Getty Images

Matras

Matrasni efir moyi qo‘shilgan razrixlitel aralashmasi bilan tozalash mumkin. Bunday usuldan so‘ng undan necha yildan beri foydalanayotganingizni hech kim bilolmaydi.

Foto: Getty Images
Mavzuga doir: 

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar