Daryo

Samsung o‘zining birinchi “garmoshka” planshetini taqdim etishga tayyorlanmoqda

Planshet Galaxy Z Fold Tab nomini olgan — u kompaniyaning boshqa buklanuvchi qurilmalari lineykasi g‘oyasini davom ettiradi

1 daqiqa o‘qish21 940 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Samsung kompaniyasi bir vaqtning o‘zida ikki joyidan buklanuvchi birinchi planshetini taqdim etishga tayyorlanmoqda, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Planshet Galaxy Z Fold Tab nomini olgan — u kompaniyaning boshqa buklanuvchi qurilmalari lineykasi g‘oyasini davom ettiradi. Samsung’ning hozirda odatdagi smartfonlar o‘rinini egallovchi buklanuvchan Galaxy Z Flip va bir vaqtning o‘zida ham telefon, ham planshet vazifasini bajaradigan Galaxy Z Fold 2 qurilmalari mavjud.

Galaxy Z Fold Tab boshqa Android-planshetlarning muqobiliga aylanadi — u ham katta ekranga ega bo‘ladi, biroq “garmoshka” kabi birdaniga ikki joyidan buklanadi. Ehtimol, bu kabi planshetni kurtka hamyonida olib yurish imkoniyati bo‘ladi.

Galaxy Z Fold Tab plansheti haqida hozircha batafsil ma’lumotlar yo‘q.

Avvalroq Xitoyning TCL kompaniyasi 6,7 dyuymga ekranini 4,5 dyuymga qadar kichraytirish mumkin bo‘lgan “rulon-smartfon” prototipini namoyish etgani, Xiaomi’ning buklanuvchan va juda qimmat flagmani — Mi MIX Fold sotuvga chiqqani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Buklanuvchan ekranga ega birinchi iPhone 2023-yilda paydo bo‘ladi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar