Daryo

Samsung kompaniyasining 2020-yildagi eng qimmat smartfoni narxi ma’lum qilindi

Samsung kompaniyasi 1-sentabr kuni rasman Galaxy Z Fold 2 smartfonini taqdim etdi

1 daqiqa o‘qish38 143 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: IXBT

Samsung kompaniyasi 1-sentabr kuni rasman Galaxy Z Fold 2 smartfonini taqdim etdi va uning savdolari qachon boshlanishini ma’lum qildi, deb xabar beradi IXBT.

Foto: IXBT

Shu bilan birga, kompaniyaning 3300 dollarlik eng qimmat versiyasini ham taqdim etilgan — Galaxy Z Fold 2 Thom Browne Edition. Bu kabi narx ajoyib quti va rangi uchun emas. Smartfon jamlanmasidan qo‘shimcha tasmali Galaxy Watch 3 “aqlli” soati, smartfon uchun g‘ilof hamda to‘liq simsiz Galaxy Buds Live naushniklari o‘rin olgan.

Foto: IXBT

Samsung shu kunning o‘zida Galaxy Z Fold 2 Thom Browne Edition uchun buyurtmalarni qabul qilishni boshlagan, biroq yetkazib berish oy oxirida — 25-sentabrdan boshlanadi. Bu turdagi smartfonlardan jami 5000 nusxa yaratiladi.

Eslatib o‘tamiz, iyun oxirlarida Samsung Galaxy Fold 2 qanday dizaynga ega bo‘lishi ma’lum qilingandi. Galaxy Fold 2’da 6,23 dyuymli va ingichka hoshiyaga ega 819x2267 pikselli panel o‘rnatilgan. Unda ham kamera uchun mo‘ljallangan qirqim mavjud.

Mavzuga doir: Samsung Galaxy Note20: Flagmanning ilk “jonli” suratlari paydo bo‘ldi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar