Bir qarashda malika Keytning hayoti ertaklarga o‘xshaydi: shahzodaga turmushga chiqqan, saroyda yashaydi, tadbirlarda qimmat brend va dizaynerlardan kiyinadi. Ammo bunday go‘zal hayotning hammaga ham ma’lum bo‘lmagan taraflari ham yo‘q emas.

Foto: Woman.ru

Qirollik qonun-qoidalariga binoan siz-u bizga oddiy tuyulgan odatlar, ko‘p narsalardan voz kechishga majbur bo‘lgan. Buning uchun kiyinish uslubidan tortib, o‘zini tutishigacha bo‘lgan ko‘plab jihatlarga o‘zgartirish kiritishiga to‘g‘ri kelgan.

Foto: Woman.ru

O‘ziga to‘q oilada o‘sib ulg‘aygan Keytning hayot tarzi 2010-yildan boshlab tubdan o‘zgargan. Mutaxassislar to‘ydan avvalroq Ketringa hamma vaziyatni tushuntirgan. O‘z xohishidek kiyina olmasligi, ko‘ngli tusagan ish bilan shug‘ullanishi mumkinmasligini anglatgan. Quyida malikaga taqiqlangan narsalar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Dastxat berish

Foto: Woman.ru

Muxlislari bilan norasmiy muloqot qilishga qarshi emasligiga qaramay, Keytga rasmiy hujjatlardan boshqasiga imzo qo‘yish mumkin emas. Bu Yelizaveta firibgarlar imzoni ko‘chirib, uni soxtalashtirishi mumkinligidan qo‘rqishi bilan bog‘liq.

Tirnoqqa to‘q lak surtish

Foto: Woman.ru

Rasman malika bo‘lganidan keyin Keytning qizil, to‘q va pushti rang laklar qo‘yishiga nuqta qo‘yilgan. Bu ham Yelizavetaning talabi. Qirolicha o‘zi butun umr amal qilgan odatlar va kiyinish uslubiga monarx oilasining boshqa vakillari ham rioya qilishini istaydi.

Ijtimoiy tarmoqda shaxsiy sahifa ochish

Foto: Woman.ru

Har bir zamonaviy odamning Instagram’da o‘z sahifasi bor ekani tabiiy, ammo qirollik oilasining emas. Qirollik a’zolarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasini katta piar jamoasi yuritadi. Taqiq xakerlar akkauntlarni buzishdan qo‘rqqani sabab qo‘yilgan. Shaxsiy ma’lumotlar va oila bilan bog‘liq sirlar tarqashidan qo‘rqqani tufayli Yelizaveta hatto soxta akkaunt bilan ham ijtimoiy tarmoqdan foydalanishni man qiladi.

Oddiy ishda soat 9 dan 18 gacha ishlash

Foto: Woman.ru

San’at sohasida diplom qo‘lga kiritganiga qaramay, gersoginyaga ofisda 9 soat ishlash shart emas. U ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan faoliyat bilan shug‘ullanadi. Shifoxona va sport zallarining ochilishiga qatnashadi, ta’lim va salomatlik bilan bog‘liq loyihalarda ishtirok etadi.

Omma oldida turmush o‘rtog‘iga his-tuyg‘ularini bildira olmaydi

Foto: Woman.ru

70 yillik turmushi davomida omma oldida Filippga bo‘lgan tuyg‘ularini namoyon qilmagan qirolicha boshqalardan ham shunga rioya qilishni talab qiladi.

Yolg‘iz do‘kon aylanish

Foto: Woman.ru

Xavfsizligini ta’minlash maqsadida Keyt xarid qilayotganda uni hamisha qo‘riqchilar kuzatib boradi.

Tabiiy mo‘ynadan tikilgan liboslarni kiyish

Foto: Woman.ru

Qirollik tamoyillariga to‘g‘ri kelmagani sabab Keyt qizlik davridagi eng sevimli aksessuarlari — mo‘ynali shapka va sharflaridan voz kechishiga to‘g‘ri kelgan. Gap shundaki, bundan bir necha yuz yil avval qirollik maqomiga ega kishilarga mo‘ynali kiyim kiyish taqiqlangan.

Ustritsa (dengiz mollyuskasi) yeyish

Foto: Woman.ru

Kembrij gersoginyasiga ham qirollik oilasining boshqa vakillari singari mollyuskalarni yeyish taqiqlangan. Bu ushbu mahsulot noto‘g‘ri saqlanganda zaharlanishga sabab bo‘lishi bilan bog‘liq.

Siyosat bilan shug‘ullanish va saylovda ovoz berish

Foto: Woman.ru

Keyt qirollik oilasida tug‘ilmagani bilan unga siyosiy qarashlarini ochiq namoyon qilish va saylovlarda ovoz berish taqiqlangan. Britaniya monarxlarining fanati ko‘p, ularga ergashish oqibatida aholining pozitsiyasi o‘zgarishi mumkin va bu mamlakatdagi siyosiy muhitga salbiy ta’sir qiladi.

“Monopoliya” o‘ynash

Foto: Woman.ru

Taqiq sababini shahzoda Endryu ma’lum qilgan. Ta’kidlanishicha, o‘yin jarayonida ularning shafqatsizga aylanishi qirolichani xavotirga solgan.