Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ijtimoiy tarmoqlarda avtobus yo‘l chetida turgan piyodani urib ketgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2021-yilning 11-aprel kuni soat 14:50 atrofida 41-sonli yo‘nalishda harakatlanuvchi haydovchi avtobusni Bunyodkor ko‘chasi bo‘ylab boshqarib borayotgan vaqtda Navoiy, Samarqand, Buxoro viloyatlariga qatnovchi taksilarning avtoturargohi qarshisida yo‘l chetida turgan piyodani urib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyatining “Yo‘lovchi transportida harakat xavfsizligini nazorat etish boshqarmasi” xodimlari tomonidan tezkor surishtiruv ishlari o‘tkazildi.

Surishtiruv natijasida mazkur avtobus 7-avtobus saroyi tasarrufidagi, saroy raqami 200 bo‘lgan, 41-sonli yo‘nalishda harakatlanuvchi Isuzu LE 60 rusumli avtobus haydovchisi M.M ekanligi aniqlandi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanuvchi piyoda yo‘l-transport hodisasi oqibatida tan jarohati olgan va Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markaziga yetkazilib, tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Ayni paytda jabrlanuvchi piyodaning ahvoli qoniqarli ekanligi aytilmoqda.

Hozirda ushbu huquqbuzarlikni amalga oshirgan avtobus haydovchisi M.M.ga nisbatan jinoiy ish ochilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan avval Toshkentda Nexia avtobusga urilib, uni ag‘darib yuborgani, Toshkentda tarovih namozi munosabati bilan har Ramazon oqshomida qator avtobuslar yo‘nalishi o‘zgarishi ma’lum qilingani, Toshkent metrosida poyezd ochiq eshik bilan harakatlangani ortidan 3 kishi ishdan olingani haqida xabar qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Dunyo
Litvada ham rus tilini o‘qitishdan voz kechish taklif qilindi