Daryo

Sochlarning uzun va qalin bo‘lishini ta’minlaydigan mahsulotlar

Sochlarning sog‘lom va go‘zal bo‘lishi tananing ichki holatiga bevosita bog‘liq

2 daqiqa o‘qish41 850 ko‘rishlar0 izoh0

Kuz—qish mavsumida organizmda avitaminoz kuzatilishi odatiy holdir: sochlar xiralashadi, quriydi, bundan tashqari to‘kilishni boshlaydi. Bunday hollarda soch parvarishini birdaniga o‘zgartirishga shoshilmang, buning o‘rniga parhez va turmush tarzingizga e’tibor berganingiz ma’qul. Trixolog va nutritsiologlarning fikricha, sochlarning sog‘lom va go‘zal bo‘lishi tananing ichki holatiga bevosita bog‘liq: agar organizmdagi barcha ko‘rsatkichlar normal bo‘lsa, bunday muammolar bo‘lmasligi kerak.

Foto: Elle

Biotin

Soch holati haqida gap ketganda organizmda biotin (B7 vitamini) miqdoriga e’tibor berishni unutmaslik lozim, chunki u sochlarning o‘sishi va tabiiy go‘zalligini ta’minlovchi asosiy moddadir.

Biotin moddasi yuqori bo‘lgan quyidagi oziq-ovqat mahsulotlarini ratsioningizga qo‘shishni unutmang:
  • jigar;
  • tuxum sarig‘i;
  • losos;
  • pishloq;
  • avokado;
  • yangi malina;
  • gulkaram;
  • bug‘doy noni.
Foto: Elle

Keratin

Keratin — oqsil moddasi bo‘lib, soch va tirnoqlarning o‘sishi uchun “qurilish materiali” hisoblanadi. Ushbu modda quyidagi mahsulotlar tarkibida bo‘ladi:
  • karam;
  • brokkoli;
  • piyoz;
  • sarimsoq;
  • jigar;
  • baliq;
  • go‘sht;
  • tabiiy yogurt.
Foto: Elle

C vitamini

O‘z navbatida, keratin ishlab chiqarish uchun organizmga C vitamini kerak:
  • kivi;
  • sitrus mevalar;
  • qulupnay, qorag‘at, klyukva va malina;
  • bulg‘ori qalampiri;
  • pomidor;
  • karam (brokkoli, gulkaram, Bryussel karami);
  • salat bargi.
Foto: Elle
Sochlarni parvarishlash bo‘yicha foydali maslahatlar:
  1. zarar yetkazish xavfini kamaytirish uchun faqat ukladkani quruq sochga qiling;
  2. tabiiy tukli taroqlardan foydalanishga harakat qiling: ular sochlarni elektrlashtirmaydi va soch ildiziga zarar yetkazmaydi;
  3. sochlaringiz yanada jilokor ko‘rinishi uchun sochni yuvgandan keyin sovuq suv bilan chaying: past harorat bosh terisi yuzasini tinchlantiradi va qon aylanish tizimini yaxshilaydi.
Foto: Elle
Mavzuga doir: 

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar