Daryo

Bahorda soch to‘kilishining 4 asosiy sababi

Turli xil kimyoviy aralashmalardan tashkil topgan bo‘yoqlar o‘rniga tabiiy yog‘ va niqoblardan foydalanish tavsiya etiladi

2 daqiqa o‘qish59 680 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Domashniy ochag”

Albatta, har qanday mavsumda ham sochlar to‘kilishi va o‘z jilosini yo‘qotishi mumkin. Aynan bahorda esa ularga yanada ehtiyotkorlik bilan g‘amxo‘rlik qilish kerak. Bundan tashqari, sochlar nima sababdan to‘kilayotganini bilish ham juda muhim.

Foto: “Domashniy ochag”

O‘ta qattiq parhezda bo‘lish

Agar parhez tufayli ratsiondagi juda ko‘p mahsulotlar cheklansa hamda har bir kaloriya hisob-kitob qilinsa, o‘z-o‘zidan tanada vitamin va minerallar yetishmovchiligi yuzaga keladi. Muvozanatni buzmagan holda ovqat iste’mol qilish − qalin va yorqin sochlarni orzu qilganlar uchun muhim qoidadir. Buning uchun ratsionda go‘sht, parranda go‘shti, baliq, tuxum, dengiz mahsulotlari, sabzavotlar va mevalar bo‘lishi kerak.

Foto: “Domashniy ochag”

Sochlarni tez-tez bo‘yash

Maxsus isitiladigan xonalarda haroratning pasayishi va quruq havo sochdagi namlikni tezda yo‘qotadi. Shuningdek, sochlarni silliqlash, jingalak qilish yoki shunga o‘xshash zararli protseduralar tez-tez amalga oshirilsa, demak, vaziyat ancha qiyin. Shuning uchun sochlarni quritadigan va shikastlanishiga olib keladigan holatlardan qutulish kerak. Turli xil kimyoviy aralashmalardan tashkil topgan bo‘yoqlar o‘rniga tabiiy yog‘ va niqoblardan foydalanish tavsiya etiladi.

Foto: “Domashniy ochag”

Zararli odatlar

Chekish, spirtli ichimliklar, yetarlicha uxlamaslik, charchoq va stress − bularning barchasi yorqin va qalin sochlarning dushmanidir. Sochlari mustahkam bo‘lishini istovchilar esa tezroq sog‘lom turmush tarziga o‘tishi kerak.

Foto: “Domashniy ochag”

Yetarlicha parvarish qilmaslik

Sochlarning holati yaxshi bo‘lsa, u holda sifatli shampun hamda konditsioner yetarli. Ammo mavsum almashish chog‘ida ular ko‘proq himoyaga muhtoj bo‘ladi. Bunda keng qamrovli parvarish, ya’ni soch va bosh terisiga har tomonlama g‘amxo‘rlik ko‘rsatadigan yuqori sifatli kosmetik vositalardan foydalanish kerak. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar