Daryo

Buxorodagi korxona omborxonasida yong‘in yuz berdi

Voqea joyiga 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan va yong‘in bartaraf etilgan

1 daqiqa o‘qish103 800 ko‘rishlar0 izoh0

Buxoro viloyati Olot tumani “Xalifa” MFYda joylashgan “Imronnike” MChJ hududidagi omborxonada yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda viloyat FVB matbuot xizmati.

Omborxona yonayotgani haqidagi xabar yong‘in-qutqaruv xizmatiga 9-aprel kuni soat 15:45 da kelib tushgan. Voqea joyiga 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 15:52 da yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 16:20 da qurshab olinib, 18:26 da to‘liq bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida korxona omborxonasi ichki qismining taxminan 200 kvadrat metr maydoni yonib, zararlangan. Yong‘indan obyektning 400 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.

Mazkur holat oqibatida tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdorini aniqlash ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Toshkent va Zangiotadagi ishlab chiqarish sexlarida yong‘in sodir bo‘lgani, Sirdaryodagi o‘rmon xo‘jaligining salkam 150 gektar maydoni yonib ketgani, Kattaqo‘rg‘ondagi restoranlarning birida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar