Daryo

Diyetologlar har kuni yeyishni tavsiya qiladigan 12 mahsulot

Ushbu mahsulotlar nafaqat qomatimizni, balki sog‘lig‘imizni ham yaxshilaydi

3 daqiqa o‘qish55 484 ko‘rishlar0 izoh1
Foto: Freepik

Ushbu mahsulotlar nafaqat qomatimizni, balki sog‘lig‘imizni ham yaxshilaydi.

Foto: Freepik

Yong‘oq

Yong‘oq yurak uchun muhim bo‘lgan o‘simlik oqsili, kletchatka va to‘yinmagan yog‘larga boy. Bu mahsulot har kuni yeyishga arziydi, har xil turlari bo‘lsa yanada yaxshi. Braziliya yong‘og‘i, bodom, grek yong‘og‘i, keshyu, yeryong‘oq —  kuniga bir hovuch iste’mol qilish me’yor hisoblanadi.

Mavzuga doir: Qahva, yong‘oq va sut: pnevmoniyadan so‘ng organizmni tiklashga yordam beradigan 8 mahsulot

Ko‘katlar Ismaloq, rayhon, salat bargi va hatto Bryussel karami ham bu borada koni foyda mahsulot. Shifokorlarning aytishicha, kuniga kamida bir porsiya ko‘kat iste’mol qilganlarda qarish jarayoni boshqalarga nisbatan sekin kechadi va kognitiv funksiyalarni yo‘qotish ehtimoli kamroq kuzatiladi.

Mavzuga doir: Ko‘kat, loviya va yong‘oq. Charchoqdan xalos etish xususiyatiga ega mahsulotlar

Rezavor mevalar Malina, maymunjon, qulupnay, golubika va boshqa rezavor mevalar kletchatka va C vitaminiga boy. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, har kuni bir stakan golubika yegan katta yoshlilar bilim samaradorligi va xotirani aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan testlarda yaxshi natijalarga erishgan.

Mavzuga doir: Bolaga qaysi rezavor mevalarni berish mumkin?

Avokado Avakado yurak va qon-tomirlar faoliyati uchun muhim mahsulotdir. U kletchatkaga boy bo‘lib, shuningdek, suyaklar sog‘lomligi uchun zarur bo‘lgan monoto‘yinmagan omega-9 yog‘i va K vitaminiga ega.

Mavzuga doir: Kuchli immunitet garovi — B5 vitaminiga boy bo‘lgan 5 mahsulot.

Grek yogurti Yogurtlar ichaklarning yaxshi ishlashi uchun zarur bo‘lgan probiotik bakteriyalarga boy, mazkur yogurtda esa oqsil va kalsiy juda ko‘p. Eng muhimi, shirin qo‘shimchalar qo‘shilgan yogurt sotib olish kerak emas. Undan ko‘ra sarxil yoki quritilgan meva va yong‘oq qo‘shgan afzalroq.

Mavzuga doir: Uy sharoitida qanday qilib yogurt tayyorlash mumkin? Bu juda oson

Loviya Loviya tasavvur qilmas darajada kletchatkaga boy mahsulot. Bundan tashqari, u o‘simlik oqsili, B vitaminlari, sink va temirga boy. Yosh o‘tgan sayin xolesterin va qondagi shakar miqdorini me’yorida ushlab turishi uchun ham loviyani tez-tez iste’mol qilish lozim.

Mavzuga doir: Qizil loviyadan achchiqqina sho‘rva tayyorlaymiz

Suli yormasi Kuniga bir marta suli yormasidan tayyorlangan taom iste’mol qilish “yomon” xolesterin miqdorining pasayishiga yordam beradi, shuningdek, tarkibida oziq tolasi ko‘p bo‘lib, uzoq vaqt davomida ochlik hissini keltirib chiqarmaydi.

Mavzuga doir: To‘yimli va foydali: To‘g‘ri nonushta uchun muhim bo‘lgan 6 mahsulot

Tuxum Homilador ayollar organizmi uchun tuxum ayniqsa muhimdir: xolin moddasiga boy bo‘lgan tuxum bolaning sog‘lom rivojlanishiga xizmat qiladi va organizmga omega-3 yog‘i kabi boshqa foydali moddalarni singdirishda yordam beradi. Bundan tashqari, tuxum D vitaminiga boy bo‘lib, ayniqsa qish va bahorda ko‘proq iste’mol qilish lozim.

Mavzuga doir: Tabiiy antidepressantlar: stressni yengishga yordam beruvchi mahsulotlar

Losos Baliq turlari ichida lasos omega-3 yog‘ kislotasi, EPA va DHA moddalariga egaligi bilan ham ajralib turadi. Lososni muntazam ravishda iste’mol qilish yurak xastaligi xavfini kamaytiradi va kayfiyatni yaxshilaydi, shuningdek, ikkinchi tur qandli diabet rivojlanishini sekinlashtirishi mumkin.

Mavzuga doir: Kuchli immunitet garovi — B5 vitaminiga boy bo‘lgan 5 mahsulot

Yasmiq Boshqa dukkakli ekinlarga nisbatan yasmiq tarkibida juda ko‘p protein, kletchatka va kam miqdorda yog‘ mavjud. Uning past darajadagi glyukemik indeksi qondagi glyukoza miqdorini me’yorda saqlashga yordam beradi va vegetarianlar uchun ideal oqsil manbayi hisoblanadi.

Mavzuga doir: Chechevitsadan go‘shtsiz turkcha kotlet tayyorlaymiz

Piyoz Eng foydali sabzavotlardan biri bo‘lgan piyoz antioksidantlar bilan bir qatorda yurak qon-tomirlari salomatligi uchun zarur bo‘lgan flavonoidlarga boy. Bundan tashqari, sarimsoqning foydasi ham piyozdan kam emas.

Mavzuga doir: Yig‘lashning keragi yo‘q: Piyoz to‘g‘rashda ko‘z yoshdan saqlanish usuli topildi

Arab xurmosi Quritilgan mevalar ko‘p kaloriya va yuqori shakar miqdoriga egaligi tufayli ham ko‘pchilikka tavsiya etilmaydi. Ammo xurmo kalsiy va magniyga boy bo‘lib, suyak salomatligi uchun muhimdir.

Mavzuga doir: Arab xurmosi iste’mol qilinganda tanada qanday o‘zgarish yuz beradi?

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar