Daryo

Ilon Maskning Kaliforniyadagi Tesla zavodi yonib ketdi (video)

Yong‘in zavodning qurilish ishlari olib borilayotga qismida sodir bo‘lgan, voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar chaqirilgan

1 daqiqa o‘qish54 366 ko‘rishlar0 izoh0

AQShning Frimont sharida (Kaliforniya shtati) elektromobil ishlab chiqaruvchi Tesla zavodida yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda KRON4 telekanali va Reuters nashriga tayanib, “RBK” xabar berdi.

Foto: AP Photo

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in zavodning qurilish ishlari olib borilayotga qismida sodir bo‘ldi, voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar chaqirildi.

Telekanalning xabar berishicha, Tesla xodimlari olovni qum bilan o‘chirishga harakat qilmoqda.

Keyinchalik CBS SF telekanali o‘t o‘chirish xizmati vakiliga asoslanib ma’lumot berishicha, yong‘in shtamplovchi uskunaning ichida suyuq alyuminiyning gidravlik suyuqlik bilan qorishib ketgani sababli kelib chiqqan. Ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q, yong‘in nazoratga olingan.

Bu Frimontdagi zavodda sodir bo‘lgan birinchi yong‘in emas. Bungacha 2018-yilning avgust oyida ham yong‘in sodir bo‘lgan. O‘shanda Tesla rahbari Ilon Mask angarlardan birida qayta ishlashga tayyorlangan karton yonib ketgani, shuningdek, hech kim jabr ko‘rmagani va zavodga hech qanday zarar yetmaganini aytgan edi.

Avval ham Amerikaning Florida shtatida joylashgan SpaceX kompaniyasiga tegishli maydonda yong‘in sodir bo‘lgan edi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar