Daryo

O‘zbekistonning tashqi qarzi 33 mlrd dollardan oshdi. Bu mamlakat YaIMining 50 foizidan ham ko‘p

Mamlakatning tashqi qarzi 2020-yil yakuniga ko‘ra 37,4 foizga yoki 9,2 milliard dollarga oshdi

1 daqiqa o‘qish51 304 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Markaziy bank

Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston tashqi qarzi 2020-yil yakunlariga ko‘ra 33,8 milliard dollarni tashkil qildi. Spot’ning yozishicha, 2020-yilda u 37,4 foizga yoki 9,2 milliard dollarga oshdi.

Foto: “Daryo”
Yangi qarzlarning jalb qilinishi koronavirus pandemiyasi oqibatida yuzaga kelgan inqirozning ijtimoiy-iqtisodiy ta’sirini yumshatish uchun hamda hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlarini moliyalashtirish uchun sarflangani bilan izohlangan.

“Bunda 2019-yildan boshlab davlat tashqi qarzi keskin o‘sishini kuzatish mumkin”, — deya e’tibor qaratgan Markaziy bank.

Tashqi qarz davlat va xususiy qarzdan iborat. Birinchisi 21,3 milliard dollarni tashkil qilgan va asosan yangi tashqi qarz jalb qilinishi va davlat qimmatli qog‘ozlarining chiqarilishi hisobiga 5,4 milliard dollarga o‘sgan. Xususiy qarzdorlik 3,7 milliard dollarga oshib, 12,5 milliard dollarni tashkil qilgan va asosan banklar hissasiga to‘g‘ri kelgan:
Foto: Markaziy bank

Qarzlarni to‘lashga kelsa, 2020-yilda davlat qarzi bo‘yicha 651,3 million dollar miqdordagi asosiy qarz va 380,2 million dollar foiz to‘lovlari amalga oshirilgan, xususiy qarz bo‘yicha esa mos ravishda 2 milliard dollar va 370,8 million dollar qarz qaytarilgan.

Moliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan “2021-yilgi fuqarolar uchun budjet” loyihasida O‘zbekistonning jami davlat qarzi 2021-yil yakunida 28,4 milliard dollarga (YaIMga nisbatan 44,9 foiz) yetishi prognoz qilinmoqda. Moliya vazirligi esa buni xavfsiz darajada deb hisoblamoqda.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda tashqi qarzlar sarfi bo‘yicha ochiq ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar