Daryo

Rossiyada koronavirusning “britancha” shtammini aniqlovchi test ro‘yxatdan o‘tkazildi

Avvalroq Rossiyadagi Gamaleya markazining “Sputnik V” vaksinasi “britancha” shtammga qarshi yuqori darajadagi samaradorlikni namoyish etgani aytilgan edi

1 daqiqa o‘qish12 346 ko‘rishlar0 izoh0

Rossiyada koronavirusning bir qator shtammlarini, shu jumladan, “britancha” shtammni aniqlash uchun test tizimi ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu haqda sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashkoga tayanib “Kommersant” xabar berdi.

Foto: “RBK”

“Britancha” shtamm koronavirusning boshqa turlariga qaraganda tezroq tarqaladi. Rossiyada bu shtamm bilan kasallanish holati birinchi marta yanvar oyida ro‘yxatga olingan.

“Bugun koronavirusning bir qancha shtammlarini, xususan, ‘britancha’ shtammni aniqlovchi test tizimi ro‘yxatdan o‘tkazildi”, — dedi Murashko Davlat dumasining sog‘liqni saqlash qo‘mitasida o‘tkazilgan yig‘ilishida. Avvalroq u Rossiyadagi Gamaleya markazining “Sputnik V” vaksinasi “britancha” shtammiga qarshi yuqori darajadagi samaradorlikni namoyish etganini aytgan edi.

Shuningdek, Amerikaning Novavax biotexnologik kompaniyasi vaksinasi ham “britancha” shtammga qarshi samarali bo‘lib chiqdi. Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan klinik sinovlarning uchinchi bosqichi natijalariga ko‘ra, vaksinaning koronavirusning birlamchi variantiga qarshi samaradorligi 96,4 foizni, “britancha” variantga qarshi samaradorligi esa 86,3 foizni tashkil qilgan.

Fevral oyida “Roszdravnadzor” koronavirusning “britancha” shtammini aniqlovchi mamlakatdagi birinchi test tizimi ro‘yxatdan o‘tganini e’lon qildi. Tizim Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshida Kulakov nomidagi Milliy akusherlik, ginekologiya va perinatalogiya tadqiqot markazi bazasida “DNK-texnologiya” kompaniyasi bilan hamkorlikda yaratilgan.

Avvalroq rossiyalik virusolog yangi variantning tez tarqalayotgani sababli u asta-sekin eski shtamm o‘rnini bosishini aytgan edi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar