Daryo

JSST AstraZeneca vaksinasidan foydalanishni to‘xtatishga sabab ko‘rmayotganini ma’lum qildi

AstraZeneca bilan emlash qon quyulishi xavfini oshirmaydi va emlashni davom ettirish mumkin

1 daqiqa o‘qish18 253 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) AstraZeneca kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasidan foydalanishni to‘xtatishga sabab yo‘q, deb hisoblaydi. Bu haqda tashkilot vakili Margaret Xarrisga tayanib “Interfaks” xabar berdi.

Foto: Getty Images

“Ha, biz AstraZeneca vaksinasini qo‘llashda davom etishimiz kerak..., uni ishlatmaslik uchun hech qanday sabab yo‘q”, — deb ta’kidladi Xarris.

Avvalroq Daniya, Norvegiya, Tailand va Bolgariya hukumati vaksinatsiyadan keyin bir nechta bemorlarda tromblar paydo bo‘lgani sababli AstraZeneca bilan COVID-19’ga qarshi emlash kampaniyasini to‘xtatib qo‘ydi.

11-mart kuni Yevropa dori-darmon vositalari agentligi (EMA) qayd etishicha, AstraZeneca bilan emlash qon quyulishi xavfini oshirmaydi va emlashni davom ettirish mumkin. Kanada Sog‘liqni saqlash vazirligi ham xuddi shunday munosabat bildirdi.

AZD1222 vaksinasi AstraZeneca mutaxassislari tomonidan Oksford universiteti olimlari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Bu vektorli vaksina hisoblanadi. Vektorli vaksinalarning ishlash prinsipi shundaki, ularning tarkibida zaiflashgan, sog‘liq uchun zararsiz virus va koronavirus genining yangi turi bo‘ladi.

Avvalroq Belgiya hukumati AstraZeneca kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasi bilan 55 yoshdan oshganlarni ham emlash uchun ruxsat bergani haqida xabar berilgan edi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar