Daryo

Yechiladigan akkumulyatorga ega “o‘lmaydigan” smartfon — Samsung Galaxy XCover5 taqdim etildi

Smartfon zarblardan, havo haroratining keskin o‘zgarishidan, chang va namlikdan himoyalangan

1 daqiqa o‘qish26 681 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Samsung kompaniyasi himoyalangan korpus va oddiy texnik tavsiflarga ega hamyonbop Galaxy XCover5 modelini taqdim etdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Galaxy XCover 5 noqulay ob-havo sharoitida ishlashga mo‘ljallangan — u zarblardan, havo haroratining keskin o‘zgarishidan, chang va namlikdan qo‘rqmaydi. Ekranning ancha sezgir ishlashi uchun maxsus rejim ham bor bo‘lib, uni qo‘lqopda ham boshqarish mumkin.

Zamonaviy smartfonlardan farqli o‘laroq, Galaxy XCover 5’ning qopqog‘i yechiladi — uni osonlikcha ochish va akkumulyatorni almashtirish mumkin. Yechiladigan akkumulyator va himoya korpusi olib tashlansa,u juda ham hamyonbop, oddiy smartfonga aylanadi.

Qurilmaga HD+ sifatni qo‘llab-quvvatlovchi 5,3 dyuymli displey o‘rnatilgan bo‘lib, smartfon Exynos 850 protsessori, 4 gigabayt tezkor va 64 gigabayt ichki xotirada ishlaydi. Akkumulyator sig‘imi 3000 mA/soat bo‘lib, 15 vattli tezkor quvvatlanish funksiyasiga ega.

XCover 5 birinchi navbatda korporativ mijozlar uchun mo‘ljallangan, sotuvga esa shu yilning martida chiqadi. Avvalroq tarqalgan mish-mishlarga ko‘ra, smartfon narxi 300 yevro atrofda bo‘ladi.

Avvalroq Samsung kompaniyasining yuqori va pastga siljiydigan Galaxy A82 slayderini sifatli tasvirlari e’lon qilingan edi.

Mavzuga doir: Dunyodagi birinchi “o‘lmaydigan” smartfonning tungi suratga olish rejimi iPhone 12 va Xiaomi Mi 10 Ultra’niki bilan taqqoslandi (video)

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar