Daryo

Jennifer Lopes, Kim Kardashyan va 20 yil avvalgidan ko‘ra yaxshiroq ko‘rinishga ega bo‘lgan boshqa yulduzlar (foto)

Kim “Kardashyanlar oilasi” shousi taqdim qilinguniga qadar, opa-singillari bilan birga moda do‘konlarini boshqargan

2 daqiqa o‘qish82 994 ko‘rishlar0 izoh0

Yosh o‘tishi bilan kishining tashqi ko‘rinishi o‘zgarib borishi, yuzga ajin tushishi tabiiy. Ammo shou-biznes vakillari orasida yosh o‘tishi tashqi qiyofasiga ta’sir qilmaydigan, aksincha yildan-yilga yosharib boradigan mashhurlar ham yo‘q emas.

Jennifer Lopes (51 yosh)

Foto: Cosmopolitan

Jey Lo 1997-yilda ilk marta “Selena” nomli filmda suratga tushgan va ijrosi sabab bir qancha mukofotlarga sazovor bo‘lgan. Shundan keyin aktrisalikdan tashqari qo‘shiq kuylash bilan ham shug‘ullana boshlagan. Ammo bu hali hammasi emas, 2019-yilda prodyuser sifatida o‘zini sinab ko‘rgan ijodkor, turli shoularda ham ishtirok etib turadi.

Mendi Mur (36 yosh)

Foto: Cosmopolitan

90-yillar so‘ngida karyerasini xonandalik bilan boshlagan Mendi keyinchalik “Malikaning kundaligi”, “Sevishga oshiq” singari filmlarda suratga tushgan. Ijodida biroz muddat tanaffus kuzatilgan aktrisa ekranga qaytgandan keyin “Bu biz” nomli serialda bosh qahramon rolini ijro qilgan. Bundan tashqari, 2020-yilda “Silver landings” nomli albomini ham taqdim qilgan.

Rianna (33 yosh)

Foto: Cosmopolitan

Ilk marta 2006-yil sahnada ko‘rinish bergan vaqti xonanda 18 yoshda bo‘lgan. “Music of the Sun” nomli albomi chartlardan yuqori o‘rinni egallagan Rianna keyinchalik dizaynerlik, kosmetika ishlab chiqarish bilan ham shug‘ullangan. Deyarli barcha qo‘shiqlari mashhurlikka erishadigan xonanda, 2018-yilda “Oushenning 8 dugonasi” filmida suratga tushishga ham muvaffaq bo‘lgan.

Zak Efron (33 yosh)

Foto: Cosmopolitan

Ilk marta 2004-yil ekranda ko‘rinish bergan aktyor oradan ikki yil o‘tib mashhurlikka erishgan. Kelishgan va o‘ziga yarasha mahoratga ega Zak ayni vaqtda ham filmlarda faol suratga tushadi.

Riz Uizerspun (44 yosh)

Foto: Cosmopolitan

Gollivud olamida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan aktrisa faoliyatini “Qo‘rquv” nomli filmda suratga tushishdan boshlagan. Arsenalida bir qancha esda qolarli rollar bor bo‘lgan Rizning yoshi 44 da ekaniga ishonish qiyin.

Kichik Robert Dauni (55 yosh)

Foto: Cosmopolitan

80-yillarning so‘ngida kinosanoatga qadam qo‘ygan aktyor 1992-yilda Charli Chaplin haqidagi filmda bosh qahramon rolini ijro qilgan. “Sudya”, “Qora beva” filmlarida suratga tushgan Dauni, muxlislarga “Temir odam” roli bilan yaxshi tanish.

Jennifer Eniston (52 yosh)

Foto: Cosmopolitan

Bir vaqtlar Bred Pitt bilan iliq munosabatda bo‘lgan aktrisaning “Do‘stlar” serialidagi ijrosi muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan.

Dueyn Jonson (48 yosh)

Foto: Cosmopolitan

“Mumiyo” filmidagi rolidan keyin mashhurlikka erishgan aktyor “Malibu qutqaruvchilari” va “Jumanji: yangi daraja” kabi boshqa filmlarda ham, esda qolarli qahramonlarni gavdalantirgan.

Kim Kardashyan (40 yosh)

Foto: Cosmopolitan
Kim “Kardashyanlar oilasi” shousi taqdim qilinguniga qadar, opa-singillari bilan birga moda do‘konlarini boshqargan. Model sifatida yaxshi tanish bo‘lgan Kardashyan xonimning bugungi kunda shaxsiy kosmetika brendi bor. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar