Daryo

50 dan oshsa-da, kinolarda navqiron yigitlar rolini ijro etadigan Bollivud aktyorlari (foto)

Ko‘pchilikning sevimli kumiri bo‘lgan ba’zi aktyorlar 50 dan oshgan bo‘lsa-da, qarilik oldida bosh egmaydigan ko‘rinadi

2 daqiqa o‘qish82 489 ko‘rishlar0 izoh0

Hamma ham bir kuni qariydi, afsuski, bu jarayonni to‘xtatishning iloji yo‘q. Ammo ko‘pchilikning sevimli kumiri bo‘lgan ba’zi aktyorlar 50 dan oshgan bo‘lsa-da, qarilik oldida bosh egmaydigan ko‘rinadi.

Anil Kapur — 64 yosh

Foto: “Yandeks Dzen”
Anil Kapur uzoq yillik ijod yo‘lini bosib o‘tgan aktyorlardan biri va u hali ham o‘zining ajoyib jismoniy ko‘rinishi bilan mashhur.

Mavzuga doir: Bollivud filmlarida rekord darajada ko‘p suratga tushgan juftliklar (foto)

Milind Soman — 55 yosh
Foto: “Yandeks Dzen”
Yana bir Bollivud aktyorining bardam ko‘rinishi odamni xayron qoldiradi. Agar chiroyli qarish uchun mukofot ta’sis etilsa, Milind Soman aniq g‘olib bo‘lardi.

Mavzuga doir: Mehrga to‘la qalb egalari: Bollivudning xayriya bilan shug‘ullanadigan yulduzlari (foto)

Akshay Kumar — 53 yosh
Foto: “Yandeks Dzen”
Akshay Kumarning jismoniy faolligi haqida gap ketganda uning 53 yoshda ekanligiga ishonish qiyin.

Mavzuga doir: Bollivud yulduzlari suratga tushishdan tashqari bo‘sh vaqtlarida qanday mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanadi? (foto)

Saif Ali Xon — 50 yosh
Foto: “Yandeks Dzen”
Aktyor har doim sog‘lig‘i va tashqi ko‘rinishini birinchi o‘ringa qo‘yib kelgan, shuning uchun 50 yoshida ham yoshlardek faol.

Mavzuga doir: Bollivudning eng mashhur juftliklaridan biri Saif Ali Xon va Karina Kapur ikkinchi marta ota-ona bo‘ldi

Amir Xon — 55 yosh
Foto: “Yandeks Dzen”
Amir Xonni ko‘plab sabablarga ko‘ra hurmat qilish mumkin. Ulardan biri — uning fitnessga bo‘lgan muhabbatidir.

Mavzuga doir: Bollivud faxrlansa arziydigan Amir Xon ijrosidagi 3 film

Ronit Roy — 55 yosh
Foto: “Yandeks Dzen”
Ronit — Bollivudning yana bir mashhur yuzi, u yosh shunchaki raqam ekanligini isbotlaganlardan biri. Ronit doimo sog‘lom turmush tarzini olib borgan. Tashqi ko‘rinishi va uslubi jihatidan yosh avlodning har qanday aktyoridan ustun desa bo‘ladi.

Mavzuga doir: Avval va hozir: Bollivud aktyorlarining bolalikdagi suratlari (foto)

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar