Daryo

Samsung Galaxy S21 Ultra eng yaxshi kamerofonlar reytingida 17-o‘rinni egalladi

Samsung flagmani Huawei Mate 40 Pro+ kamerofonidan 16 ball kamroq natija ball to‘plagan

1 daqiqa o‘qish27 054 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: IXBT

DxOMark laboratoriyasi mutaxassislari Samsung Galaxy S21 Ultra’ning asosiy kamerasi sinovdan o‘tkazilganiga oid natijalar bilan bo‘lishdi, deb xabar beradi IXBT.

Foto: IXBT

Testlar davomida Galaxy S21 Ultra 121 ball to‘plagan, jumladan, 128 ball surat sifati uchun, 98 ball — video sifati va 76 ball — zum imkoniyati uchun. Bu orqali flagman reytingning 10-pog‘onasidan o‘rin olgan Galaxy S20 Ultra’dan ham pastlab, 17-o‘ringa tushib ketgan. Shuningdek, undan oldingi pog‘onalarda Honor 30 Pro+, iPhone 11 Pro Max, Huawei Mate 30 Pro 5G, iPhone 12 mini, iPhone 12 va Honor V30 Pro o‘rin olgan.

Bundan tashqari, Galaxy S21 Ultra Huawei Mate 40 Pro+ kamerofonidan 16 ball kamroq natija to‘plagan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Samsung’ning barcha urinishlariga qaramay, kompaniyaning yangi premium telefoni kutilganidek yangi kamerofonga aylanmagan.

“Samsung Galaxy S21 Ultra 5G (Exynos) deyarli har qanday sharoitda yaxshi surat va videoga olishga qodir. Biroq biz natija kamida 10 ballga yuqori bo‘lishini kutgandik. S21 Ultra 5G smartfoni Huawei Mate 40 Pro va iPhone 12 Pro Max kabi to‘g‘ridan to‘g‘ri raqobatchilaridan barcha test yo‘nalishlari bo‘yicha ortda qolmoqda, hatto nazariy jihatidan ikkita teleobyektivning o‘rnatilishi Samsung’ga ancha ustuvorlikni berishi kerak bo‘lgan zumda ham. E’tiborli jihati, u o‘zidan oldingi model — Galaxy S20 Ultra’dan ham, shuningdek, ancha eski, masalan, iPhone 11 Pro Max’dan ortda qolayotganida”, — deyiladi xabarda. Mavzuga doir: Avvalroq Samsung Galaxy S21 Ultra va iPhone 12 Pro Max mustahkamlik testidan o‘tkazilgan edi. Test natijalariga ko‘ra, Galaxy S21 Ultra Apple mahsulotidan zarbalarga bardoshli chiqqan.
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar