Daryo

Samsung Galaxy S21 Ultra iPhone 12 Pro Max’ga qarshi. Qaysi flagman tezroq?

YouTube’dagi PhoneBuff kanali mualliflari robotlashtirilgan manipulyator yordamida ikki apparatni o‘zaro “kurashtirdi”

1 daqiqa o‘qish29 038 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: IXBT

Samsung Galaxy S21 Ultra va iPhone 12 Pro Max smartfonlari ayni vaqtida bozordagi asosiy superflagmanlar bo‘lib qolmoqda. YouTube’dagi PhoneBuff kanali mutaxassislari bir-biridan platformasi va operatsion tizimlari bilan farq qiluvchi smartfonlar o‘zaro taqqoslangan video bilan bo‘lishdi.

Foto: IXBT

Kanal mualliflari robotlashtirilgan manipulyator yordamida ikki apparatni o‘zaro “kurashtirdi”.

Videodan ko‘rish mumkin, avvaliga smartfonlar bir-biridan qolishmagan holda o‘z xususiyatlarini namoyon etgan, biroq mashqlar doirasi oxirlariga borib iPhone biroz oldinga o‘tib ketgan va uni 8 soniyaga oldinroq yakunlagan. Shuningdek, ikkinchi doirada ham Apple flagmani yetakchilikni qo‘lga kiritgan, biroq bu safar 3 soniya farq bilan. Oxir-oqibat u qadar katta bo‘lmagan farq bilan iPhone 12 Pro Max g‘olibga aylangan.

Avvalroq Samsung Galaxy S21 Ultra va iPhone 12 Pro Max mustahkamlik testidan o‘tkazilgan edi. Test natijalariga ko‘ra, Galaxy S21 Ultra Apple mahsulotidan zarbalarga bardoshli chiqqan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar