Daryo

Samsung Galaxy S21 Ultra va iPhone 12 Pro Max mustahkamlik testidan o‘tkazildi (video)

Sinov bir necha bosqichda o‘tkazilgan va qurilmalar orasidagi sezilarli farq oxirgi bosqichda — 3 metr balandlikdan tushishda bilingan

1 daqiqa o‘qish37 672 ko‘rishlar0 izoh0
Kadr: YouTube

Bir necha kun oldin Samsung Galaxy S21 seriyalari jahon bozorida sotuvga chiqdi. YouTube’dagi EverythingApplePro kanali Galaxy S21 Ultra va iPhone 12 Pro Max flagmanlarining tepadan pastga tushishga qanchalik bardoshli ekanligini sinab ko‘rdi.

Kadr: YouTube

Sinov bir necha bosqichda o‘tkazilgan va qurilmalar orasidagi sezilarli farq oxirgi bosqichda — 3 metr balandlikdan tushishda bilingan. Biroq Galaxy S21 Ultra’ni yig‘ishdagi dastlabki kamchiliklar biroz oldin ma’lum bo‘lgan — orqa paneli bilan tepadan tashlangan smartfonning kameralar blokidan teleobyektiv uchib ketgan.

Qiziq jihati, Samsung’ning himoya oynasida yoriqlar paydo bo‘lgan bir vaqtda Apple smartfoni ekraniga hech narsa qilmagan. Shunday qilib, Ceramic Shield qoplamasi Gorilla Glass Victus’dan ancha mustahkam bo‘lib chiqdi. iPhone 12 Pro Max’ning orqa paneli esa Galaxy S21 Ultra’nikidan farqli o‘laroq sinib ketgan.

Har qanday holatda ham rolik mualliflari ikkala smartfonni ham himoya g‘iloflarida olib yurishni tavsiya qiladi.

Avvalroq Samsung Galaxy S21 Ultra’dagi barmoq izi skaneri juda tez ishlashi namoyish etilgan edi.

Mavzuga doir: Samsung Galaxy S21 Ultra’ning kamerasi ideal bo‘lib chiqmadi. Sekinlashtirilgan holda suratga olishda flagman S21 modeliga yutqazib qo‘ymoqda

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar