Daryo

SpaceX raketa uchirilishiga bir yarim daqiqa qolganida parvozni bekor qildi

Bekor qilinish sabablari haqida ma’lumot berilmagan. Falcon 9 Florida shtatining Kennedi Kosmik markazidan uchirilishi kerak edi

1 daqiqa o‘qish31 519 ko‘rishlar0 izoh0

Amerikaning SpaceX kompaniyasi 60 ta Starlink mikrosputniki bilan Falcon 9 tashuvchi raketasi parvozini rejalashtirilgan vaqtga 1 daqiqa-yu 24 soniya qolganda bekor qildi. Bu haqda kompaniyaning Twitter sahifasiga tayanib “RBK” xabar berdi.

Foto: SpaceX

“Keyingi parvoz 1-martda bo‘lishi mumkin”, — deyiladi xabarda. Parvozning boshlanishi 18:15 ga (Toshkent vaqti bilan) belgilangan.

Bekor qilinish sabablari haqida ma’lumot berilmagan. Falcon 9 Florida shtatining Kennedi Kosmik markazidan uchirilishi kerak edi.

Avvalroq, 16-fevral kuni SpaceX Florida shtatining Kanaveral burnidan 60 ta Starlink mikrosputniki bilan Falcon 9 tashuvchi raketasini uchirgan edi. Raketa sputniklarni koinotga muvaffaqiyatli yetkazdi. Keyinroq kompaniyaning xabar berishicha, Falcon 9’ning birinchi pog‘onasini Atlantika okeanidagi Of Course I Still Love You deb nomlangan suzuvchi platformasiga qaytarish amalga oshmadi. Odatda SpaceX pog‘onalarni olib ketib, ulardan qaytadan foydalanadi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar