Daryo

SpaceX raketasi 60 ta internet sun’iy yo‘ldoshi bilan koinotga uchirildi (video)

4-fevral kuni kompaniya jami ikkita Falcon 9 raketasini uchirishni rejalashtirgan edi

1 daqiqa o‘qish27 454 ko‘rishlar0 izoh0

Ilon Maskning SpaceX kompaniyasiga tegishli Falcon 9 tashuvchi raketasi 60 ta Starlink kommunikatsiya suniy yo‘ldoshlarining navbatdagi guruhi bilan orbitaga muvaffaqiyatli uchirildi, deb yozadi “RBK”. Translyatsiya korporatsiya saytida olib borilmoqda.

https://twitter.com/SpaceX/status/1357212472373989376?ref_src=twsrc%5Etfw%7Ctwcamp%5Etweetembed%7Ctwterm%5E1357212472373989376%7Ctwgr%5E%7Ctwcon%5Es1_&ref_url=https%3A%2F%2Fwww.rbc.ru%2Frbcfreenews%2F601b96919a7947ef856c4baf

Parvoz 4-fevral kuni Toshkent vaqti bilan 11:19 da Floridadagi Kanaveral burnidan amalga oshirildi.

Keyinroq uning ko‘p martalik birinchi pog‘onasi Of Course I Still Love You (“Albatta, seni hali ham yaxshi ko‘raman”) suzuvchi platformasiga muvaffaqiyatli qo‘ndi.

4-fevral kuni kompaniya jami ikkita Falcon 9 raketasini uchirishni rejalashtirgan edi. Ikkinchisi to‘rt soatdan keyin Kennedi kosmik markazi hududidagi start majmuasidan uchirilishi kerak edi, ammo qo‘shimcha tekshiruvlar o‘tkazish uchun parvozni 5-fevral kuni Toshkent vaqti bilan 15:14 ga ko‘chirishga qaror qilishdi.

Eslatib o‘tamiz, 23-yanvar kuni SpaceX Falcon tashuvchi raketasini 143 ta sun’iy yo‘ldosh bilan uchirib, bitta raketada uchirilgan sun’iy yo‘ldoshlar soni bo‘yicha jahon rekordini yangilagan edi.

Bundan avvalgi rekord 2017-yilda qayd etilgan, o‘shanda Hindiston Kosmik agentligi 104 ta sun’iy yo‘ldosh bilan muvaffaqiyatli raketa uchirgan edi.

3-fevral kuni esa SpaceX kompaniyasi tomonidan Oy va Marsga parvoz qilish uchun ishlab chiqilgan Starship kosmik kemasi prototipi AQShning Texas shtatida o‘tkazilgan sinovlar chog‘ida, qo‘nish vaqtida portlab ketdi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar