Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Turkiya Ichki ishlar vazirligi Kurdiston ishchi partiyasi jangarilariga qarshi antiterror operatsiyalari davomida 718 nafar gumondor hibsga olinganini ma’lum qildi, deb yozmoqda Daily Sabah nashri.

Foto: IHA Photo

Foto: IHA Photo

Operatsiyalar 40 ta provinsiyada o‘tkazilgan. Qo‘lga olinganlar orasida Xalqlar demokratik partiyasining a’zolari ham bor, ular mamlakatdagi etnik jihatdan ozchilik bo‘lgan guruhlar, jumladan, kurdlarning huquqlarini himoya qilishga intiladi.

Kurdiston ishchi partiyasi kurdlarning siyosiy huquqlari va Turkiya tarkibida mustaqil davlat qurish uchun kurashadi. Mazkur guruhning faoliyati mamlakat hududida taqiqqa uchragan.

Operatsiyalarga parallel ravishda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlyut Chavusho‘g‘lu ayrim mamlakatlarning terrorchilikka qarshi kurashda ikki tomonlama o‘yin qilayotgani va jangarilarning qonli jinoyatlariga ko‘z yumgan holda tarafkashlik qilayotganini qayd etdi.

“Biz hechqachon g‘arbdagilar kabi ikki xil standartda ishlamaganmiz va ikkiyuzlamachilik qilmaganmiz”, — degan u.

Chavusho‘g‘lu Anqaraning terrorchilar, xususan, Kurdiston ishchi partiyasining jangarilari bilan kurashni davom ettirishi haqida va’da bergan.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ham bir necha marta AQShni Kurdiston ishchi partiyasini qo‘llab-quvvatlagani hamda ko‘plab turklarning o‘limiga befarq qaragani uchun tanqid qilgan.

2015-yil iyul oyida Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga qarshi kurashni qayta boshlagan. Turkiya Mudofaa vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan vaqt davomida xavfsizlik kuchlari tomonidan 10 mingdan ziyod jangarilar yo‘q qilingan.

Avval Turkiya Qurolli Kuchlarining Iroq shimolida yangi harbiy operatsiyani boshlagani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, yanvar oxirida Turkiya ISHIDga aloqadorlikda gumonlanayotgan 4 nafar o‘zbekistonlikni Suriya chegarasida hibsga olgani ma’lum bo‘lgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Guruhlarda hazil yoki kinoya qilib aytgan gaplarimni ham chiqarib yuboradigan jurnalistlar bor” — Shohrux G‘iyosov
Mahalliy
“Ko‘pchilik meni yolg‘on ma’lumot tarqatganlikda ayblaydi” — Shohrux G‘iyosov jurnalist va blogerlarning o‘ziga munosabati haqida gapirdi
Mahalliy
Qo‘shimcha talab etiladigan 37,5 ming tonna piyoz 1-aprelga qadar ichki bozorlarga kiritiladi