Daryo

Yaponiyadagi yer silkinishi oqibatlari — suratlarda

Ushbu zilzila oqibatida jabrlanganlar soni 150 kishiga yetdi, 950 mingga yaqin uy xo‘jaliklari elektr quvvatisiz qoldi

2 daqiqa o‘qish81 978 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

Yaponiyada sodir bo‘lgan yer silkinishi oqibatida jabrlanganlar soni 150 kishiga yetdi, 950 mingga yaqin uy xo‘jaliklari elektr quvvatisiz qoldi. 7,3 magnitudali zilzila mamlakat shimoli-sharqiga ta’sir ko‘rsatdi. U, shuningdek, poytaxt Tokioda ham sezildi. Keyinroq kichikroq ko‘lamdagi bir nechta aftershoklar qayd etildi.

Vayronalar tufayli ayrim yo‘llar to‘sib qo‘yildi, tezyurar poyezdlar harakati buzildi. “Fukusima-2” AESda ishlatilgan yadro yoqilg‘isini saqlash uchun hovuzlardan radioaktiv suvning bir qismi to‘kilgan. Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, bu yadro yoqilg‘isini sovutish ishiga ta’sir qilmagan. “RBK” mamlakatdagi zilzila oqibatlari aks etgan suratlarni taqdim etdi.

Fukusima prefekturasining Nihonmatsu shahridagi halqa yo‘lida sodir bo‘lgan ko‘chki.

Foto: Reuters

Fukusima prefekturasida kuchli zilzila oqibatida vayron bo‘lgan devor.

Foto: Reuters

Fukusima prefekturasining Soma shahrida avj olgan COVID-19’dan so‘ng ijtimoiy masofalanish uchun to‘siqlar o‘rnatilgan vaqtinchalik evakuatsiya markazi.

Foto: Reuters

Fukusimaning Koori shahridagi singan darvoza.

Foto: Reuters

Ayol o‘z do‘konidagi singan idishlarni yig‘ishtirmoqda.

Foto: Reuters

Zilzila oqibatida yorilgan avtomobil yo‘li.

Foto: Reuters

Kuchli zilzila oqibatida yuzaga kelgan ko‘chki Fukusima prefekturasining Soma shahridagi Joban tezyurar avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ydi.

Foto: Reuters

Kutubxonalarning biridagi zilzila oqibatlari.

Foto: Reuters

Fukusima prefekturasining Soma shahridagi yer silkinishi oqibatida zarar ko‘rgan bino.

Foto: Reuters

Ishchi vino do‘konida singan butilkalarni yig‘ishtirmoqda.

Foto: Reuters

Fukusima prefekturasining Ivaki ko‘chasida kuchli zilzila oqibatida binoning ko‘chib tushgan tashqi devori.

Foto: Reuters
Seysmologlar ogohlantirishicha, yaqin haftalar ichida qaytadan kuchli yerosti silkinishlari sodir bo‘lishi mumkin. Yaponiya bosh vaziri Yosixide Suga mamlakat fuqarolariga uyda qolishni tavsiya qildi.

Mavzuga doir: Yaponiyada yana bir yer silkinishi qayd etildi. Zilziladan jabrlanganlar soni 150 kishiga yetdi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar