Daryo

“Bu yerda karnaval bo‘lardi”: Pandemiya davridagi Venetsiya — suratlarda

An’anaga ko‘ra bayram 2021-yilning16-fevral − seshanba kuni yakunlanadi

1 daqiqa o‘qish29 882 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: REUTERS / Manuel Silvestrl

San-Marko maydonida yasan-tusan qilgan olomon, gondolalarda sayr qilayotgan sayyohlarni uchratmaysiz, karnaval kostyumlaridagi sanoqli kishilargina Venetsiyada an’anaviy karnaval boshlanganidan darak beradi. G‘ayrioddiy bayram manzaralari Reuters fotojamlanmasida aks ettirilgan.

Foto: Reuters

Venetsiyada karnaval ilk bora onlayn tarzda bo‘lib o‘tmoqda.

Foto: Reuters

Bayram uchun dam olish kunlari teng yarmiga qisqartirildi.

Foto: Reuters

Og‘ir epidemik vaziyat tufayli asosiy tadbirlar bekor qilindi.

Foto: Reuters

Bu yil “Mariy paradi”ning eng chiroyli ishtirokchisi 100 metrlik qo‘ng‘iroq minorasidan olomon ichiga tushadigan “farishta parvozi” ham bo‘lmaydi.

Foto: Reuters

Olomon, shovqinli bayram va namoyishlar ham to‘xtatilgan.

Foto: Reuters

Bayram multimedia tadbirlari shaklida bo‘lib o‘tadi.

Foto: Reuters

Ijtimoiy tarmoqlarda bolalar, o‘spirinlar va qariyalar uchun mo‘ljallangan “virtual xonalar” tashkil etildi.

Foto: Reuters

Karnaval kostyumidagi odam Muqaddas Mark maydonida.

Foto: Reuters

Yosh ishtirokchilar uchun spektakl va interaktiv hikoyalar, o‘spirinlar uchun chellenj va inflyuenserlar bilan uchrashuvlar tashkil qilingan.

Foto: Reuters

Nafaqaxo‘rlar uchun eng chiroyli niqob va intervyular uchun tanlovlar mavjud.

Foto: Reuters

Venetsiyadagi niqob do‘konining egasi.

Foto: Reuters

Bayram tadbirlari shahar televideniyesi va ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlar orqali namoyish etiladi.

Foto: Reuters

Venetsiya karnavalida bayram niqobi va libosidagi odamlar.

Foto: Reuters
An’anaga ko‘ra bayram 2021-yilning 16-fevral − seshanba kuni yakunlanadi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.