Daryo

Fil va uning soyasi: AQShda “Sug‘ur kuni” nishonlandi (foto)

2021-yil 2-fevral kuni ertalab Panksatonida qor yog‘di. Shuning uchun ham jonivor uyasidan chiqishga shoshilmadi

1 daqiqa o‘qish30 506 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Barry Reeger

Amerika Qo‘shma Shtatlarida har yili fevral oyining ikkinchi sanasi “Sug‘ur kuni” sifatida nishonlanadi. Bayram kuni sug‘ur o‘z soyasini sezmasa va xotirjamlik bilan inidan chiqib kelsa, qish tez orada tugaydi. Bordi-yu, u o‘z soyasidan ham qo‘rqib yashirinsa, demak, bahorni uzoq kutish kerak bo‘ladi. Bu safar jonivor o‘zini qanday tutgani va mavsum borasidagi ehtimollar haqidagi savolga quyidagi suratlar orqali javob topish mumkin.

Foto: AP Photo

Marosim an’anaviy ravishda Pensilvaniya shtati Panksatoni shahrida o‘tkazildi.

Foto: Reuters

“Sug‘ur kuni” bayramiga odatda minglab tomoshabinlar tashrif buyuradi, ammo koronavirus pandemiyasi tufayli ushbu marosim “virtual” tarzda bo‘lib o‘tdi.

Foto: AP Photo

Pandemiya munosabati bilan marosimni kartondan yasalgan tomoshabinlar kuzatib bordi.

Foto: Reuters

“Sug‘ur kuni” marosimi vaqtida.

Foto: Reuters

2021-yil 2-fevral kuni ertalab Panksatonida  qor yog‘di. Shuning uchun ham Fil uyasidan chiqishga shoshilmadi.

Foto: Reuters

Tashkilotchilarning biri sug‘urni o‘z uyasidan chiqarib oldi.

Foto: AP Photo

Bu hali qish uzoq davom etadi, degan qarorni anglatadi.

Foto: AP Photo

Shuning uchun bahorni yana 6 hafta kutishga to‘g‘ri keladi.

Foto: Reuters

Amerikalik iqlimshunoslar Filning bashoratini 39 foizga to‘g‘ri deb hisoblaydi.

Foto: Getty Images
Amerikadagi eng mashhur sug‘ur − bu “meteorolog” Fil hisoblanadi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar