Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Professional boksning yengil vazn (-61,2 kg) toifasida harakat qilib kelayotgan o‘zbekistonlik Elnur Abduraimov (6-0, 6 KO) navbatdagi jang sanasi va raqibini nomini bilib oldi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Abduraimov o‘zining navbatdagi jangini 13-fevral kuni AQShning Indio shahrida o‘tkazadi. Elnurga kolumbiyalik 39 yoshli bokschi Deyvi Xulio (21-9, 13 KO) raqiblik qiladi.

Ma’lumot uchun, mazkur boks oqshomida yana bir o‘zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev (6-0, 5 KO) mahalliy bokschi Morgan Fitchga (19-4-1, 8 KO) qarshi jang qiladi.

Abduraimov oxirni jangini 2020-yilning 13-dekabrida o‘tkazgan va unda meksikalik 22 yoshli bokschi Abraham Olivani (4-1, 3 KO) birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi.

Kaliforniya shtati, Indio shahridagi Fantasy Springs Resort Casino majmuasida tashkil etiladigan boks oqshomining asosiy jangi ikkinchi yarim yengil vazn toifasi (-58,9 kg) vakillari Jozef Dias (31-1, 15 KO) hamda asli tojikistonlik Shavkat Rahimov (15-0, 12 KO) o‘rtasida kechadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova