Daryo

Bektemir Meliqo‘ziyevning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

Bektemirga amerikalik bokschi raqiblik qiladigan bo‘ldi. Raqib juda jiddiy

1 daqiqa o‘qish58 972 ko‘rishlar0 izoh0

Professional boksning super o‘rta vazn (-76,2 kg) toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Bektemir Meliqo‘ziyev (6-0, 5 KO) o‘zining navbatdagi jangini 13-fevral kuni AQShda o‘tkazadigan bo‘ldi.

Foto: Instagram

Bektemirga ushbu jangda mezbon sportchi Morgan Fitch (19-4-1, 8 KO) raqiblik qiladi. Jang 8 raunddan iborat bo‘ladi.

Kaliforniya shtati, Indio shahridagi Fantasy Springs Resort Casino majmuasida tashkil etiladigan boks oqshomining asosiy jangi ikkinchi yarim yengil vazn toifasi (-58,9 kg) vakillari Jozef Dias (31-1, 15 KO) hamda asli tojikistonlik Shavkat Rahimov (15-0, 12 KO) o‘rtasida kechadi.

Eslatib o‘tamiz, Bektemir Meliqo‘ziyev aslida 30-yanvar kuni yarim og‘ir vazn toifasida WBA Super, IBF, WBO chempionlik kamarlarining sobiq sohibi, rossiyalik Sergey Kovalyov (34-4-1, 29 KO) bilan jang qilishi lozim edi. Biroq Kovalyovda doping aniqlangani bois jang bekor qiligandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar