Daryo

Xiaomi’ning 1,5 ming dollarlik smartfonida nima bo‘lishi kerak? Kompaniya bosh direktori muxlislarga murojaat qildi

Odatda Xiaomi bu kabi so‘rovlarni loyihalash boshqichida emas, balki bevosita tayyor mahsulot anonsi oldidan o‘tkazadi

1 daqiqa o‘qish44 326 ko‘rishlar0 izoh0

Xiaomi kompaniyasi bosh direktori Ley Szyun 3-fevral, chorshanba kuni Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali foydalanuvchilarga murojaat qilib, tez orada juda qimmat smartfon ishlab chiqarilishiga shama qildi, deb yozadi IXBT.

Foto: Xiaomi

Shuningdek, u Xiaomi ixlosmandlarining bu boradagi fikrlariga ham qiziqish bildirgan.

“Agarda Xiaomi 1,5 ming dollarlik yuqori sifatli mobil telefonni ishlab chiqarganida, xarid qilgan bo‘larmidingiz? Agarda siz 1,5 ming dollardan qimmat smartfonni taqdim etmoqchi bo‘lganingizda, u qanday ko‘rinishda bo‘lardi? Izohlarda o‘z fikringiz bilan bo‘lishishga tortinmang”, — deb yozadi Ley Szyun.

Ma’lum qilinishicha, odatda Xiaomi bu kabi so‘rovlarni loyihalash boshqichida emas, balki bevosita tayyor mahsulot anonsi oldidan o‘tkazadi. Shu sababli bu qadar qimmat telefon taqdimotga tayyor holda deb taxmin qilish mumkin. Mish-mishlarga ko‘ra, Xiaomi o‘zining egiluvchan ekranga ega birinchi smartfonini taqdim etishi lozim, bu kabi narxi raqobatchilarning qaroriga ancha mos keladi.

Mavzuga doir: Xiaomi qurilmalariga Google servislarini o‘rnatish taqiqlandi

Avvalroq AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi biroz tinchlanganiga qaramay, sanksiyalar ro‘yxatidan yana 9 ta kompaniya, xususan, Xiaomi ham o‘rin olgani to‘g‘risida xabar berilgandi. “Qora ro‘yxat”ga tushish amerikaliklarning ushbu Xitoy kompaniyalariga sarmoya kirita olmasligi va ularda ulushi bo‘lmasligini bildiradi. Taqiq 2021-yil 11-noyabrdan kuchga kiradi, bu vaqtga qadar investorlar o‘z aksiyalarini sotib yuborishi kerak.
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar