Daryo

Xiaomi qurilmalariga Google servislarini o‘rnatish taqiqlandi

Kompaniyaning o‘zgarish siyosatiga duch kelgan modellar ro‘yxatini e’lon qilmagan

1 daqiqa o‘qish23 208 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Xiaomi smartfonlari foydalanuvchilari operatsion tizim MIUI 12.5’ga yangilanganidan so‘ng, Google servislarini o‘rnatishda muammolar yuzaga kelishni boshlaganidan shikoyat qilmoqda, deb yozadi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Xiaomi kompaniyasi talablarga javob bermagani sabab o‘z foydalanuvchilariga Google’ning mobil servislarini (Google Mobile Services; GMS) o‘rnatish yoki yuklab olish imkoniyatini endilikda taqdim etmaydi. Kompaniyaning o‘zgarish siyosatiga duch kelgan modellar ro‘yxatini e’lon qilmagan, biroq ayrim foydalanuvchilarning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy bozori uchun taqdim etilgan yangi Redmi K30 Ultra va Redmi 10X 5G smartfonlarida servislar hozirda ishlashdan to‘xtagan.

Gizmochina’ning ma’lum qilishicha, GMS taqiqlari faqat Xitoyda amal qiladi. Xiaomi’ning global versiyasi Google servislarini yuklab olishni qo‘llab-quvvatlashni davom etadi.

Avvalroq AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi biroz tinchlanganiga qaramay, sanksiyalar ro‘yxatidan yana 9 ta kompaniya, xususan, Xiaomi ham o‘rin olgani to‘g‘risida xabar berilgandi. “Qora ro‘yxat”ga tushish amerikaliklarning ushbu Xitoy kompaniyalariga sarmoya kirita olmasligi va ularda ulushi bo‘lmasligini bildiradi. Taqiq 2021-yil 11-noyabrdan kuchga kiradi, bu vaqtga qadar investorlar o‘z aksiyalarini sotib yuborishi kerak.

Mavzuga doir: Honor smartfonlariga Google servislari qaytadi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar