Daryo

Samsung Galaxy S21 Ultra’ning kamerasi ideal bo‘lib chiqmadi. Sekinlashtirilgan holda suratga olishda flagman S21 modeliga yutqazib qo‘ymoqda

Samsung Galaxy S21 va S21+ smartfonlari soniyasiga 960 ta kadrli chastotaga ega o‘ta yuqori darajada sekinlashtirilgan rejimni qo‘llab-quvvatlaydi

1 daqiqa o‘qish40 162 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: IXBT

O‘tgan hafta Samsung kompaniyasi Galaxy S21, Galaxy S21+ va Galaxy S21 Ultra smartfonlarini taqdim etib, S21 Ultra’ni eng yaxshi kameraga ega flagman deb atagandi. Biroq IXBT’ning yozishicha, sekinlashtirilgan holda suratga olish rejimida model barchadan ustun emas.

Foto: IXBT

Samsung Galaxy S21 va S21+ smartfonlari soniyasiga 960 ta kadrli chastotaga ega o‘ta yuqori darajada sekinlashtirilgan rejimni qo‘llab-quvvatlaydi. Ya’ni Samsung Galaxy S21 Ultra apparat darajasida soniyasiga 480 ta kadrli chastotada video yozib oladi va shundan so‘ng dasturiy algoritmlardan foydalangan holda oraliq kadrlarni qo‘yib chiqib, chastotalarni soniyasiga 960 kadrga yetkazadi.

Shu bilan birga, Galaxy S21 Ultra egalari davomiyligi bir soniyaga teng videoroliklarni yozib olishga qodir bo‘lib, sekinlashtirilgan holatda ular 32 soniyali rolikka aylanadi. Galaxy S21 va Galaxy S21+ esa 0,5 soniyagacha video yozib oladi, yakuniy video davomiyligi esa — 16 soniya.

Samsung kompaniyasi ushbu ma’lumotga izoh berib, bu Galaxy S21 Ultra’ga video tasvirga olish uchun boshqa tezlikda ishlaydigan datchik o‘rnatilgani sabab amalga oshirilishini ma’lum qilgan. Kompaniya Galaxy S21 va S21+’ning imkoniyatlarini sun’iy kamaytirish o‘rniga, ularga soniyasiga 960 ta kadr olish va kadrlar chastotasiga katta modeldagi kabi ishlov berish texnologiyasi imkoniyatini to‘liq bergan. Samsung’ning ta’kidlashicha, oradagi farq u qadar sezilarli bo‘lmaydi.

Mavzuga doir: Samsung Galaxy S21 egalariga o‘z mashinalarini ochish uchun kalit kerak bo‘lmaydi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar