Daryo

Samsung Galaxy S21 Ultra’dagi barmoq izi skaneri juda tez ishlashi namoyish etildi (video)

Samsung’ning yangi modelida barmoq izi skaneri maydoni 77 foizga kattargan va 50 foizga tezlashgan

1 daqiqa o‘qish48 876 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Ice Universe niki ostidagi taniqli insayder Samsung’ning yangi flagmani ishidan hayratda ekanini ma’lum qildi. Xususan, u barmoq izi skanerining juda tez ishlashini Twitter’dagi sahifasi orqali namoyish etgan.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

“Men hayratdaman: S21 Ultra’dagi barmoq izini aniqlovchi ultratovush tezligi kutilganidan ham a’lo. U barmoq izini optik aniqlash borasidagi o‘zidan oldingi barcha yechimlardan o‘tadi, bu juda tez”, — deb yozadi insayder.

https://twitter.com/UniverseIce/status/1352435068061421568?ref_src=twsrc%5Etfw%7Ctwcamp%5Etweetembed%7Ctwterm%5E1352435068061421568%7Ctwgr%5E%7Ctwcon%5Es1_&ref_url=https%3A%2F%2Fhi-tech.mail.ru%2Fnews%2F52687-slishkom-bystryy-skaner-otpechatkov-palcev-samsung-pokazali-na-video%2F

Samsung’ning yangi modelida barmoq izi skaneri maydoni 77 foizga kattargan va 50 foizga tezlashgan. Galaxy S10 yoki Galaxy S20 bilan taqqoslaganda bu sezilarli hisoblanadi. Buning uchun hatto displeyni yoqish ham shart emas: barmoqni skaner sohasiga taxminan bosish kerak va smartfon blokdan chiqadi.

Avvalroq Samsung Galaxy S21 Ultra’ning kamerasi ideal bo‘lib chiqmagani, sekinlashtirilgan holda suratga olishda flagman S21 modeliga yutqazib qo‘yayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Samsung Galaxy S21 egalariga o‘z mashinalarini ochish uchun kalit kerak bo‘lmaydi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar