Daryo

Meksika “Sputnik V” vaksinasini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi

Meksika rahbari Putinga vaksina partiyasini yuborish qarori uchun minnatdorlik bildirdi

1 daqiqa o‘qish26 432 ko‘rishlar0 izoh0

Meksika Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Xorxe Alkoser Rossiyaning Gamaleya instituti tomonidan ishlab chiqilgan COVID-19’ga qarshi vaksinani Meksikaga yetkazib berish bo‘yicha shartnomani imzoladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar qildi.

Foto: “RIA Novosti”

“Kecha sog‘liqni saqlash vaziri Xorxe Alkoser ‘Sputnik V’ vaksinasi (yetkazib berish) uchun shartnoma imzoladi” – dedi sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Ugo Lopes-Gatel matbuot anjumanida.

Ta’kidlanishicha, 25-yanvar kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlashgandan so‘ng, Meksika rahbari unga vaksina partiyasini yuborish qarori uchun minnatdorlik bildirdi va uni ishlab chiqishni Rossiya ilm-fani sohasidagi yutuq deb atadi.

“Sputnik V” vaksinasi odamning adenovirus vektorli platformasi asosida ishlab chiqilgan va Rossiya, Belarus, Argentina, BAA, Vengriya, Serbiya, Boliviya, Jazoir, Falastin, Venesuela, Paragvay, Tunis va Turkmanistonda ro‘yxatga olingan. Yevropa Ittifoqi va JSSTda vaksinalarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni boshlandi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar