Daryo

Belarusda Nokia 3310’ning yonib ketishi oqibatida maktab o‘quvchisi kuyish jarohatini oldi

Nokia vakillari hozircha mazkur vaziyatga hech qanday izoh bermagan

1 daqiqa o‘qish18 414 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Minsk Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati maktab o‘quvchisining qo‘lida telefon yonib ketganiga oid holat haqida xabar berdi. Ko‘ngilsiz hodisa 24-yanvar kuni sodir bo‘lgan.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Xabarda telefonning aniq modeli ko‘rsatilgan — bu Nokia 3310. Gap qurilmaning 2000-yillardagi original modeli haqida emas, balki 2017-yilda o‘xshash dizayn va zamonaviy funksiyalar bilan taqdim etilgan yangilangan versiyasi haqida ketmoqda.

Quvvatlantirgichga ulangan holda turgan telefonning batareyasi yonib ketgan. Aynan nima sodir bo‘lgani noma’lum. “Ehtimol, model quvvatlantirishda nuqsonli yoki sifatsiz quvvatlantirgichdan foydalanilgandir. O‘quvchining chap soni kuygan”, — deyiladi xabarda.

Nokia vakillari hozircha mazkur vaziyatga hech qanday izoh bermagan.

Avvalroq Xiaomi Mi Band 5 quvvatlantirish vaqtida portlab ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar