Daryo

Jo Bayden nimada harakatlangan? AQSh prezidentining asosiy avtomobillari

Motor nashri AQShning yangi saylangan prezidenti Jo Bayden umri davomida qanday avtomobillardan foydalangani to‘g‘risida ma’lumotlarni to‘plab taqdim etdi

4 daqiqa o‘qish62 554 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Motor

Motor narshi AQShning yangi saylangan prezidenti Jo Bayden umri davomida qanaqa avtomobillardan foydalangani to‘g‘risida ma’lumotlarni to‘plab taqdim etdi. Ta’kidlanishicha, Bayden yarim asrdan ortiqroq davrdan beri ochiq Chevrolet Corvette’ga egalik qilib keladi va hatto o‘zining sevimli sportkari bilan saylovoldi kampaniyasida suratga tushgan.

Foto: Motor

Bayden 2011-yili Barak Obama administratsiyasida vitse-prezident bo‘lib ishlab yurgan vaqtlarida Car and Driver jurnaliga bergan intervyusida o‘zining mashinalari haqida to‘xtatib o‘tgan. Unda siyosatchi o‘z otasi — katta Jozef Bayden haqida alohida gapirib bergan: “U Delaver shtatidagi dilerlik tarmog‘ini 34 yil boshqargan. Ular asosan General Motors mahsulotlari, shuningdek, Chrysler bilan savdo qilar edi. Bundan tashqari Uilmingtonda ham Ford sotgan”.

Foto: Motor

“Otam doim ishdan har xil mashinalarda uyga kelardi. Ayniqsa, bitiruv kecham yodimda qolgan: o‘shanda menga salondan deyarli yangi Chrysler 300D’ni haydashga ruxsat berishgandi”, — deydi siyosatchi. Chrysler ushbu mashinalarni 1955-yildan 1965-yilga qadar ishlab chiqargan: ularning barchasi V8 Hemi motoriga ega bo‘lgan. Bayden aytgan model esa 1958-yilda konveyrdan chiqqan bo‘lib, unga Hemi FirePower o‘rnatilgan. Hajmi 6,4 litrga teng V8 dvigatel 375 ot kuchini taqdim etishga qodir.

Foto: Motor

Jo Baydenning birinchi shaxsiy avtomobili 1951-yilda ishlab chiqarilgan minilgan Studebaker bo‘lgan. Siyosatchi intervyu davomida uning modeliga alohida to‘xtalib o‘tmagan: aftidan, u 85 ot kuchiga ega 2,9 litrli V6 o‘rnatilgan Studebaker Champion’da harakatlangan. “Otam uni yaxshi, tinch mashina deb hisoblardi, biroq uning uzatmasi kuchaytirilgan bo‘lib, tez harakatlana olardi”, — deydi kichik Bayden.

Foto: Motor

“Shundan so‘ng 1952-yilgi Plymouth’ni xarid qildim”, — deya yodga oladi Bayden. 1952-yilda Plymouth faqat bitta modelni yaratgan: jamlanmasiga qarab Concord, Cambridge yoki Cranbrook deya nomlangan P-23 belgisiga ega deyarli besh metr keladigan avtomobil. Ular orasidagi eng qimmat avtomobil kabriolet kuzoviga ega versiya hisoblangan — Plymouth Cranbrook. Mazkur oilaga kiruvchi barcha mashinalarga 97 ot kuchiga ega 3,6 litrli V6 dvigatel o‘rnatilgan.

Foto: Motor

Bayden 1956-yilgi Chevrolet haqida deyarli hech qanday ilmoq qoldirmagan. O‘sha intervyuda siyosatchi doim kabrioletlarni ma’qul ko‘rganini aytgan. Shu sababli u Chevrolet Bel Air’da harakatlangan bo‘lishi mumkin: 1956-yilda ochiq kuzovga ega faqat ushbu model taklif etilgan. Uning kapoti ostidan 140 ot kuchiga ega Blue Flame oilasiga kiruvchi 3,9 litrli V6 dvigateli o‘rin olgan.

Foto: Motor

Bayden Yevropada ishlab chiqarilgan mashinalardan ham foydalangan: kollejdaligida u 160 ming kilometr yo‘l bosgan Mercedes-Benz 190 SL sotib olgan. Hashamatli rodster 120 ot kuchiga ega 1,9 litrli dvigatelga ega bo‘lgan. “Ikkita Solex karbyuratori hech qachon yaxshi ishlamasdi”, deb eslaydi Bayden.

Foto: Motor

Jo Bayden hayotidagi eng sevimli va qadrli avtomobili — 1967-yilda ishlab chiqarilgan Chevrolet Corvette. Baydenga uni otasi to‘yida sovg‘a qilgan.

Foto: Motor

To‘q yashil Goodwood Green rangiga bo‘yalgan mazkur “Korvet” hamon shovqin ko‘tarishga qodir — 350 ot kuchiga ega 5,4 litrli V8 Small-block. Mashina bugungi kunga qadar restavratsiya qilingan.

Foto: Motor

Bayden haligacha yangi Corvette’larni maqtashdan uyalmaydi — umuman olganda Amerika avtomobil sanoatini an’anaviy tarzda demokratlar partiyasi qo‘llab-quvvatlab keladi. Siyosatchi o‘zining saylovoldi nutqlaridan biri General Motors tez orada Corvette’ning elektr versiyasini tayyorlayotganini ma’lum qilgandi.

Foto: Motor

Sakkiz yil davomida, 2009-yildan 2017-yilga qadar (vitse-prezidentligida) u Maxfiy xizmat talablariga ko‘ra, zirhlangan avtomobilda harakatlanagan. “Bu ishimda eng yomon ko‘rgan narsam. Mutlaqo jiddiy aytyapman”, deydi siyosatchi.

Foto: Motor

Shunga qaramay, Bayden vitse-prezidentligiga bir safar mashinani o‘zi boshqargan. “Ukamning 550 ot kuchiga ega Cadillac CTS-V’si bor va bir safar uni oldimga minib keldi. Uyim oldida uzun yo‘lak bor — taxminan 500 metr. Maxfiy xizmat tashqariga chiqishimga ruxsat bermasligini bilardim. Shu sababli g‘ildiraklar rezinasini o‘sha yerning o‘zida biroz qizitdim. Ajoyib hissiyot!”, — degan edi Bayden intervyuda.

Foto: Motor

Google’ga “Joe Bide Car” deb qidirilsa, ko‘pchilik oq Pontiac Trans’ga duch keladi. Biroq bu The Onion satirik nashrining ishi.

Bayden avtomobillarni qanchalik yaxshi ko‘rmasin, u temiryo‘l transportining tarafdori, hatto unga “Amtrak Joe” laqabi (davlat temiryo‘l kompaniyasining nomi) berilgan. Uning aytishicha, Senatdagi ishi davomida u poyezdlarda ikki million mildan ortiq yo‘l bosgan.

Foto: Motor
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar