Daryo

Dastin Porye: “Men Konordan kuchliman, buni jangda ko‘rasiz”

Porye Makgregorga qarshi kechadigan jang haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi

1 daqiqa o‘qish53 622 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

Yengil vazn toifasida harakat qiluvchi UFC jangchisi Dastin Porye (26-6) ikki divizion sobiq chempioni Konor Makgregorga (22-4) qarshi kechadigan jang haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Foto: Getty Images
Oxirgi olti yil ichida men kuchlilar bilan jang qildim, kamar uchun kurashga qo‘shildim. Bu vaqt ichida, adashmasam, besh nafar sobiq chempionni yengdim. Shu sabab hozirda boshqacha onlarni boshdan kechiryapman.

Men Makgregordan kuchliman. Buni jangda ko‘rasiz.

Aniqlik va kuch borasida Konor — UFC tarixidagi eng yaxshilardan biri. U raqiblarini nokautga uchratadi, biroq bu uning grepplingda (yaqin masofadagi jangda raqibni taslim etishga qaratilgan jang uslubi — izoh “Daryo”) yomonroq ekanini anglatmaydi. Ha, uni taslim etishgan, biroq bu men bilan ham sodir bo‘lgan. U yuqori darajadagi grepplingchi ekanini bilaman.

O‘zimni qulay his qilishni, og‘riq sezishni xohlayman, ikkimiz ham uzoqroqqa borishimizni va kim nimaga qodirligini ko‘rishni istayman.

Dastin Porye, UFC jangchisi
Eslatib o‘tamiz, Konor — Porye jangi 23-yanvar kuni Abu-Dabida bo‘lib o‘tadigan UFC 257 musobaqasining asosiy voqeasi bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, bu Konor va Porye o‘rtasidagi ikkinchi jang bo‘ladi. 2014-yil bo‘lib o‘tgan UFC 178 musobaqasida Konor raqibini nokautga uchratgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar