Daryo

Konor Makgregor Dastin Poryega qarshi jang oldidan UFC umumiy reytingida pastladi

Biroq Konor vaziyatni shu haftaning o‘zida o‘zgartirishi mumkin

1 daqiqa o‘qish31 964 ko‘rishlar0 izoh0

Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregor (22-4) promoushen umumiy reytingida bir pog‘ona pastladi.

Foto: UFC

Irlandiyalik yakkakurashchi Robert Uittakerni o‘tkazib yuborgan holda 13-o‘ringa tushib ketdi. Yengil vazn divizionida esa yakkakurashchi 4-pog‘onani egallab turibdi.

Biroq Konor vaziyatni shu haftaning o‘zida o‘zgartirishi mumkin.

Toshkent vaqti bilan 24-yanvar tongida Makgregor UFC 257 musobaqasida Dastin Poryega (26-6) qarshi jang qiladi. 2014-yilda Konor amerikalik yakkakurashchini birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar