Daryo

Yaponiyada 60 dan ortiq odam qor tozalash paytida halok bo‘ldi

Mamlakatdagi qor tozalashga qurbi yetmagan shimoliy hududlarga hukumat favqulodda moliyaviy yordam yuboradi

1 daqiqa o‘qish57 148 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: China.org

Yaponiyada qor qoplagan uylarni tozalash paytida halok bo‘lganlar soni 60 dan oshdi, deya ma’lum qildi mamlakatning davlat yerlari, infratuzilma, transport va turizm vaziri Kadzuyoshi Akaba. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Foto: “M24.ru”

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatdagi qor tozalashga qurbi yetmagan shimoliy hududlarga hukumat favqulodda moliyaviy yordam yuboradi.

“Hukumat tezda zarur mablag‘ miqdorini hisoblab chiqadi va qorni tozalash uchun yordam yuboradi. Tozalash paytidagi qurbonlarning soni rekord darajaga yetganidan nihoyatda xavotirdamiz ”, — dedi vazir Tokiodagi matbuot anjumanida.

Halok bo‘lganlarning aksariyati uylarining tomidan yiqilgan yoki qor ostida qolib ketgan keksa kishilardir. Yaponiyadagi Xonsyu orolining shimoli va Xokkaydo orolida o‘tgan yilning dekabr oyidan beri qalin qor yog‘moqda.

Avvalroq Yaponiya sohillarida kuchli qor yog‘ishi oqibatida 8 kishi halok bo‘lib, 270 dan ortiq kishi jabrlangan edi. Kuchli qor tufayli yo‘llarda tirbandliklar yuzaga kelgan va 500 dan ziyod aviareyslar bekor qilingan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar