Samsung kompaniyasi CES 2021 ko‘rgazmasida oshxonani tozalashga va kiyim-kechaklarni ilib qo‘yishga qodir ko‘p funksiyali Bot Handy robotini taqdim etdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: Samsung

Bot Handy tashqi ko‘rinishi bilan odatdagi odamsifat robotlarga o‘xshamaydi, u mexanik qo‘llarga ega baland robot-changyutgich ko‘rinishida. Ushbu qo‘llarda kameraga ega bir nechta qo‘llar bor — ular atrofni tanish va obyektlarni aniqlashga javob beradi.

Samsung roboti uydagi universal yordamchi vazifasini bajaradi. Oshxonada u kechki ovqatdan oldin dasturxon bezatishi, vino quyishi, keyin esa idishlarni idish-tovoq yuvish mashinasiga joylashtiradi. Boshqa xonalarni esa tozalashi va yuviladigan kiyimlarni to‘plashi mumkin.

Mexanik qo‘llari yordamida u istalgan buyumni ushlab ko‘ra oladi, hatto buyumlar nozikligini sezadi — shu sababli bokallarga ham shikast yetmaydi.

Bundan tahsqari, robot boshqa odamlar bilan aloqa o‘rnata oladi. Og‘zaki bo‘lmagan muloqot uchun uning displeyiga turli xil his-tuyg‘ularni ko‘rsatadigan virtual yuz chizilgan, ammo suhbat va buyruqlar uchun mikrofonli oddiy dinamiklar ham mavjud.

Samsung hozircha Bot Handy kabi robot sotuvga qachon chiqishi va qancha turishi haqida ma’lumot bermagan.

Avvalroq Disney xuddi insonnikiga o‘xshash ko‘zlarga ega robotini namoyish etgan, Yaponiyada yolg‘iz insonlar uchun robot-qo‘l yaratilgan edi.