Daryo

Disney xuddi insonnikiga o‘xshash ko‘zlarga ega robotini namoyish etdi (video)

Robotning ko‘krak qismiga maxsus kamera o‘rnatilgan bo‘lib, u o‘zi bilan gaplashayotgan insonning nigohini payqay oladi

1 daqiqa o‘qish23 920 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Disney

Disney kompaniyasi xuddi insonnikiga o‘xshash, biroq qo‘rqinchli ko‘rinishdagi ko‘zga ega robotni namoyish etdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: Disney

Insonga o‘xshash robotlarning asosiy muammolaridan biri — bu ularning ko‘zlari. Odamlar xuddi haqiqiydek sun’iy terini, sochlar va boshqa detallarni yaratishni o‘rganib oldi, biroq hissiz nigoh mashinani doim sotib qo‘yadi. Disney kompaniyasining laboratoriyasi esa ushbu muammoni bartaraf etib, ko‘zlarini boshqaradigan va uni haqiqiy odamdek pirpirata oladigan robotni yaratdi.

Muhandislar nafaqat xuddi haqiqiyga o‘xshash ko‘zni yaratgan, balki uni ko‘z qovog‘ini harakatga keltiradigan mayda detallar tizimiga ham ulagan. Bularning barchasi ko‘zni pirpiratish va boshni yengil harakatlantirish bilan birga amalga oshirilgani sabab u haqiqiydek ko‘rinish olgan.

Robotning ko‘krak qismiga maxsus kamera o‘rnatilgan bo‘lib, u o‘zi bilan gaplashayotgan insonning nigohini payqay oladi — bu robotga qaysi tomonga burilish buyrug‘ini beradi.

Shu bilan birga, robotning o‘zi tirik inson ko‘rinishiga ega emas — u jag‘ va ko‘zlari bor katta chanoqqa o‘xshaydi. Shu sababli u qo‘rqinchli ko‘rinish olgan.

Aftidan, Disney mazkur texnologiyadan kelajakda o‘zining ko‘ngilochar parklarida foydalanishni rejalashtirgan ko‘rinadi. Shu orqali kompaniya multfilmlar, film va seriallardagi qahramonlarga o‘xshash robotlarni yarata oladi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar