Daryo

Yaponiyada yolg‘iz insonlar uchun robot-qo‘l yaratildi

“Sevgan qizim sayrda” nomini olgan ixtirodan ayollar mehri yetishmayotgan odamlar foydalanishi mumkin

1 daqiqa o‘qish31 798 ko‘rishlar0 izoh0
Kadr: Futurism

Yaponiyaning Gifu shahri universiteti mutaxassislari yolg‘iz insonlar qadriga yetadigan robot-qo‘lni yaratdi. “Sevgan qizim sayrda” nomini olgan ixtirodan ayollar mehri yetishmayotgan odamlar foydalanishi mumkin, deb yozadi Futurism.

Kadr: Futurism

Uni taqqan odam qo‘lni qo‘yib yuborganida tushib ketmasligi uchun qurilma bilakka qotiriladi. Mexanik qo‘llar juda sezgir: robot-qo‘lga barmoqlar tegishi bilan u darhol bunga javob qaytarib, uni ushlaydi.

Olimlarning ta’kidlashicha, ular tomonidan yaratilgan qo‘l maksimal darajada inson kaftiga o‘xshash qilib yasalgan. Masalan, u uzoq vaqt ushlab turilsa, robot-qo‘lning terisi terlaydi — uning teshikchalari orqali biroz suyuqlik chiqadi.

Shuningdek, devays ayollar shampuni hidiga ega aromatizator va qadamlar tovushini beradigan kichik kolonka bilan jihozlangan.

Ixtirochilarning so‘zlariga ko‘ra, yolg‘iz insonlar robot-qo‘l yordamida toza havoda uzoqroq vaqt o‘tkazishi mumkin.

Shuningdek, ixtirochilar ayollar uchun odekolon yoki motor moyi hidiga ega qurilmaning erkaklar versiyasini taqdim etishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2014-yili Yaponiyada yolg‘iz odamlar uchun kreslo yaratilgan edi.

Mavzuga doir: Yaponiyalik milliarder Oyga sayohat uchun hamroh topmoqchi bo‘lgan realiti-shouni bekor qildi. Erkak u yerga yolg‘iz uchadi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar