Daryo

Qirolicha Yelizaveta II va uning eri Filipp koronavirusga qarshi emlandi

Qirollik juftligi Vindzor qal’asida emlandi

1 daqiqa o‘qish29 694 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: EPA

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II va uning eri, Edinburg gersogi Filipp 9-yanvar kuni COVID-19 kasalligiga qarshi emlandi, deb xabar berdi The Guardian Bukingem saroyining bayonotiga asoslanib.

Foto: EPA

Qirollik juftligi Vindzor qal’asida emlandi. Ular ushbu qal’ada mamlakatda joriy qilingan lokdaunni o‘tkazishi kutilmoqda.

Guardian ta’kidlashicha, Bukingem saroyi kamdan kam hollarda Yelizaveta II va uning turmush o‘rtog‘ining sog‘lig‘iga oid masalalarni ommaga oshkor qiladi.

Nashrning ma’lum qilishicha, og‘ir epidemiologik vaziyat tufayli Yelizaveta II va uning eri Sandrigem saroyidagi an’anaviy oilaviy yig‘ilishni tark etib, Vindzor qasrida Rojdestvo bayramini nishonlagan.

Mavzuga doir: Foto: Qaytadan lokdaun joriy etilgach, huvillab qolgan London manzaralari

Eslatib o‘tamiz, bosh vazir Boris Jonson tomonidan 4-yanvar kuni Britaniyada koronavirusning yangi shtammi tufayli uchinchi lokdaun e’lon qilindi. Shundan so‘ng, London meri koronavirus tufayli shaharda favqulodda holat e’lon qildi.

Bugungi kunda har o‘ttizinchi londonlik koronavirus bilan kasallangan. Kasalxonalarda bo‘sh joy qolmagan. Odamlarni uyda qolishga chaqirishmoqda. Londonda koronavirusga chalinish holatlari ko‘payib, tibbiyot xodimlari yetishmovchiligi kuzatilayotgani bois politsiya va o‘t o‘chiruvchilar tez tibbiy yordam mashinalarini haydashga jalb qilinmoqda.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar