Daryo

Foto: Qaytadan lokdaun joriy etilgach, huvillab qolgan London manzaralari

Ikki oy ichida Buyuk Britaniyada koronavirus infeksiyasiga chalinish darajasi ikki karra o‘sib, har 100 ming aholiga 519 ta holatga yetdi

1 daqiqa o‘qish28 746 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

Yangi choralar joriy etilishi haqida Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson 4-yanvar kuni xalqqa qilgan murojaatida e’lon qildi, deb yozadi “RBK”.

Foto: Reuters

“Virusning yangi varianti qo‘rqitadigan darajada tez tarqalmoqda. Uchinchi milliy lokdaun zarurligi aniq-ravshan”, — dedi Jonson.

Foto: Reuters

Jonsonning so‘zlariga ko‘ra, koronavirusning yangi shtammi tarqalishni boshlamaganida, yangi choralarga zarurat qolmagan bo‘lardi. “Bizning COVID-19’ga qarshi kurashdagi jamoaviy harakatlarimiz ish bergan va agar virusning yangi turi chiqmaganida edi, ish berishda davom etgan bo‘lardi”, — dedi Jonson.

Foto: Reuters

Cheklovlar doirasida Buyuk Britaniyadagi barcha boshlang‘ich va o‘rta maktablar masofadan o‘qishga o‘tadi. Bundan tashqari, 6-yanvardan butun mamlakat bo‘ylab majburiy yakkalanish joriy etiladi — fuqarolar faqat ishga borish, oziq-ovqat va eng zarur narsalarni sotib olish, tibbiy yordam olish yoki sport bilan shug‘ullanish uchungina uydan chiqishi mumkin bo‘ladi.

Foto: Reuters
Foto: Reuters
Foto: Reuters
Foto: Reuters

Ikki oy ichida Buyuk Britaniyada koronavirus infeksiyasiga chalinish darajasi ikki karra o‘sib, har 100 ming aholiga 519 ta holatga yetdi.

Foto: Reuters
4-yanvar holatiga mamlakatda bir kecha-kunduzda 58 784 ta yangi holat aniqlandi. 407 kishi vafot etdi. Butun pandemiya davrida esa mamlakatda 2,7 million kishi koronavirusni yuqtirib oldi, 75,5 ming kishi vafot etdi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar