Daryo

Xiaomi Mi Band 5 quvvatlantirish vaqtida portlab ketdi

Ta’kidlanishicha, bu original qurilma bo‘lib, undan noto‘g‘ri foydalanilmagan va quvvatlantirishga firma kabeli ishatilgan

1 daqiqa o‘qish50 372 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reddit

Reddit ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilaridan biri Xiaomi Mi Band 5 portlab ketganidan shikoyat qilib, to‘liq yonib ketgan gadjetning suratini joylashtirdi, deb xabar beradi IXBT.

Foto: Reddit

Internetda mazkur holat Galaxy Note7 borasidagi shikoyatlar bilan taqqoslanmoqda. Samsung kompaniyasining ushbu modeli uzoq yillar davomida mobil bozorning asosiy muvaffaqiyatsizligi bo‘lib kelgan.

Ko‘ngilsiz hodisa Xiaomi Mi Band 5 xalqaro versiyasi bilan sodir bo‘lgan. Mixele Kostaning so‘zlariga ko‘ra, bu original qurilma bo‘lib, undan noto‘g‘ri foydalanilmagan va quvvatlantirishga firma kabeli ishatilgan. Gadjet stol ustida quvvat olayotganida portlab ketgan. Shundan so‘ng, gadjet yonib ketgan, bundan qo‘rqib ketgan foydalanuvchi uni polga tashlab, oyog‘i bilan bosgan.

Avvalroq AirPods naushniklari xitoylik erkakning qulog‘ida portlab ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: iPhone X operatsion tizimi yangilanishi payti gadjet portlab ketdi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar