Daryo

AirPods naushniklari xitoylik erkakning qulog‘ida portlab ketdi

Jabrlanuvchiga mahalliy qonunlarga muvofiq kompensatsiya to‘langan

1 daqiqa o‘qish51 208 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Pixabay

Xitoyda AirPods naushniklari ularni taqib yurgan erkakning qulog‘ida portlab ketdi, deb yozadi GizmoChina.

Foto: Pixabay

Hodisa Chjenchjouda yashaydigan 23 yoshli erkak bilan 19-may kuni yuz bergan, biroq u haqda endi xabar qilingan.

Jabrlanuvchining aytishicha u telefonda gaplashayotganida o‘ng qulog‘idagi naushnik portlagan. U shamollashga qarshi preparatlar bilan davolangan, shifokorlar uning qulog‘ida qon ketishi belgilarini aniqlagan. Xitoylik ushbu voqeadan so‘ng eshitishidagi muammolardan shikoyat qilmoqda.

Foto: GizmoChina

Qayd etilishicha, erkak naushniklarni Apple kompaniyasi sheriklaridan birining do‘konidan xarid qilgan. Zararlangan naushniklarni Apple kompaniyasi vakillariga tekshirish uchun  jo‘natishgan.

Jabrlanuvchiga mahalliy qonunlarga muvofiq kompensatsiya to‘langan.

Mavzuga doir: AQShda marixuanadan tayyorlangan “naushnik”lar sotuvga chiqariladi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar