Dunyo bo‘ylab 30 dan ortiq mamlakat aholisini koronavirusga qarshi emlashni boshlagan. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti veb-saytiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar qilmoqda.

Foto: Reuters

“Kuni kecha AstraZeneca vaksinasi birinchi mamlakatda tatbiq etilishi ham quvonchli xabar bo‘ldi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti virusga qarshi birinchi hisobotini e’lon qilganidan bir yil o‘tib, 30 dan ortiq mamlakat aholisini turli xil COVID-19 vaksinalari bilan emlashni boshladi”, – deyiladi xabarda.

Tarmoqda koronavirusga qarshi emlash darajasi bo‘yicha mamlakatlar reytingi paydo bo‘ldi. Lekin resursda emlanganlar soni hisobi yuritilmaydi. Ammo aholining 100 kishiga to‘g‘ri keladigan vaksinalarning dozasi ma’lum qilib boriladi.

Masalan, Isroilda har 100 kishiga 15,83 dozadan to‘g‘ri kelmoqda. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha mamlakat dunyoda yetakchi hisoblanadi.

Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Pfizer va BioNTech tomonidan birgalikda ishlab chiqarilgan vaksinadan foydalanishni rasman tasdiqlagandi.