Daryo

Xiaomi smartfonlar uchun noodatiy gadjetni taqdim etdi. U nima uchun kerak?

Aksessuar geympaddagi trigger-tugma vazifasini bajaradi

1 daqiqa o‘qish45 192 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Gizchina

Xiaomi kompaniyasi Bluetooth yordamida istalgan smartfon yoki planshetga ulana oladigan noodatiy gadjetni taqdim etdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: Gizchina

Aksessuar geympaddagi trigger-tugma vazifasini bajaradi. Odatda u ko‘rsatgich barmoq ostida joylashadi va otish uchun javob beradi. Aksessuarni Black Shark kompaniyasi yaratgan — bu asosan smartfonlar uchun geympadlar taqdim etish bilan shug‘ullanadigan Xiaomi bo‘linmasi hisoblanadi.

Ishlab chiqaruvchining so‘zlariga ko‘ra, yangi aksessuar qo‘shimcha funksiyaga ega qimmat smartfonni sotib olishni istamagan, biroq mavjud qurilmani modernizatsiya qilishga qarshi bo‘lmaganlar uchun mo‘ljallangan. Aftidan, u Bluetooth’ni qo‘llab-quvvatlaydigan mavjud har qanday smartfonga mos keladi.

Triggerlar smartfonga xuddi klipslar kabi qotiriladi. Ularni korpusning istalgan joyiga qotirish mumkin bo‘lib, qurilmaning ustki qismi albom holatida ideal mos keladi. Har bir aksessuar ikkita boshqaruv tugmasiga ega. Birdaniga bir nechta xarid qilib, kichik kontroller yordamida qotirib qo‘yish mumkin.

Har bir aksessuar narxi 6 dollarni tashkil etadi.

Black Shark’ning aksessuarlari orasida 9 dollarli yangi kabellar va ikkita portga ega quvvatlantirish qurilmasini ham uchratish mumkin — gap USB Type-C va USB Type-A razyomlari haqida ketmoqda. Ularning maksimal quvvati 30 vattga yetadi, narxi 12 dollar. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar